So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

"8+3". O'zbek futboli qiroli, eng chiroyli gol... (1-son) Yangiliklar

"8+3". O'zbek futboli qiroli, eng chiroyli gol... (1-son)

Championat.asia saytida yangi ruknga start berildi - "8+3".

Biz o'z suhbatdoshlarimizga futbol haqidagi 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qilamiz. Dastlabki sonda saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

1. Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

— Braziliyalik Ronaldo.

2. Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

— Braziliya-2002, "Arsenal"-2004, "Barselona"-2011, Germaniya-2014, "Bavariya"-2020.

3. Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

— Ronaldinoning 2005 yil "CHelsi"ga urgan goli.


4. Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? (xarakter yoki etibori bilan)

— Krishtianu Ronaldu.

5. O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

— Mirjalol Qosimov

6. Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

— 2011-2015 yillardagisi.

7. O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

— Rivaldo hamda Artur Gevorkyan.

8. O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

— Oliver Kan - Kafu, Karles Puyol, Roberto Karlos - Mirjalol Qosimov, Ronaldino, Zinedin Zidan, Lionel Messi - Teri Anri, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo (4-3-3).

9. Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting (va eng yoqtirgan qahramoningiz).

— Abdullajon kinosi yoqadi. "Kichkina tabib"dagi Mashrab qahramoni.

10. Siz uchun baxt nimadan iborat?

— Oila.

11. Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

— Hali unaqa burilish bo'madi.

Qadrli o'quvchi, siz ham yuqoridagi savollarga o'z javobingizni yozib qoldiring.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика