So’nggi yangiliklar

23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  3 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3

"8+3". Kapadze, To'raev va SHaker Zuagi - Jaloliddinov eng yaxshilarni aytdi (8-son) Yangiliklar

"8+3". Kapadze, To'raev va SHaker Zuagi - Jaloliddinov eng yaxshilarni aytdi (8-son)

"8+3" rukni davom etadi.

Bu gal biz "Lokomotiv" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Stadiondan kuzatganlarim orasida Omar Abdulrahmon, televizordan ko'rganlarim ichida, shubhasiz, Lionel Messi.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Menga jarima zarbasidan urilgan gollar ko'proq yoqadi. SHu tufayli Messining "Liverpul"ga, Lutfulla To'raevning AGMK darvozasiga kiritgan to'pi.


- O'zbek futbolidagi eng kuchli murabbiy kim?

- Timur Kapadze.

- Mikael Sekeyraning mahalliy mutaxassislardan farqi nimada?

- U butunlay boshqa dunyo. Haddan oshiq talabchan va murakkab inson. Uning taktikasiga moslashish o'zbek futbolchilari uchun qiyin bo'ldi. Agar yil oxirida ketib qolmasa, kelasi yil chempion bo'lish potenciali bor.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy terma jamoa tuzib bering (o'zbek va jahon futboli aralash bo'lsin).

- Eduar Mendi - Antonio Ryudiger, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Kanselu - Rodri, Buskets, Lutfulla To'raev, Messi, Ronaldu, Eldor SHomurodov.

Murabbiy: Pep Gvardiola.

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- Server Jeparov, Odil Ahmedov, Kapadzelar o'ynagani.

- Superligada o'ynagan eng yaxshi legioner va mahalliy futbolchilarni ayting.

- Legionerlar Dragan CHeran va SHaker Zuagi, mahalliy futbolchi - Temurxo'ja Abduholiqov.

- Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.

- Malayziyadagi bolalar turnirida guruh bosqichidan chiqib, "Pari Sen-Jermen" ustidan g'alaba qozonganimiz. O'sha bahsda hisobni tenglashtiruvchi golni urgandim (jarima zarbasidan). Penaltilar seriyasi ham ajabtovur bo'lgan. 1-zarbani ham, hal qiluvchisini ham men yo'llagandim. Juda yoqimli bo'lgan.

- Hech yodingizda qolgan maqtov va tanqidni ayting.

- Maqtovlarga ko'p bo'ladi, lekin tezroq unutishga harakat qilaman. Tanqidlardan esa "Lokomotiv"ga o'tgan davrimda aytilgan gaplarni sira unutmayman. O'shanda agentlarning menga aytayotgan gapi va matbuotda yozilayotganlar mutlaq teskari edi. Rosa qiynalganman, kimga ishonishni bilmay qolgan paytlarim ham bo'ldi. SHukr, barchasi ortda qoldi.

- Jasur Jaloliddinov uchun baxt nima? 

- Futbolga bo'lgan muhabbat, yashil maydonda to'p tepish. Uydagilarim meni futbolchi bo'lishimni orzu qilishardi. Ularni bu orzusini amalga oshirganim uchun xursandman.

"8+3". "Stanoevich va Karachik — O'zbekistondagi eng kuchli futbolchilar" (7-son)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика