80 yilda birinchi marta. Britaniyalik hakamlar Jahon chempionatiga borishmaydi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2018, 22:35
FIFA JCH-2018da ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi.

Mundialda 36 nafar bosh hakam va 63 nafar qanot hakami ishlashi ma'lum bo'ldi. Ular orasida o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham bor.

Biroq ro'yxatda Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan bironta hakam ko'rsatilmagan. Britaniyalik hakamlar 1938 yildan buyon ilk bor Jahon chempionatida ishlashmaydi.

Da'vogarlar orasida Mark Klattenburg bor edi. Ammo u 2017 yilda premer-liga o'yinlarni boshqarishni to'xtatdi va Saudiya Arabistoniga ishlash uchun ketdi.

Angliya futbol Assotsiatsiyasi Klattenburgni boshqa hakam bilan almashtirmoqchi bo'ldi. Ammo FIFA bu so'rovni rad qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com