So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

8 hujumchi, lekin 1 raqobatchi. "Jenoa" qanday taktik usuldan foydalanadi? Yangiliklar

8 hujumchi, lekin 1 raqobatchi. "Jenoa" qanday taktik usuldan foydalanadi?

SHomurodov yangi jamoasida himoyalanishda ham katta ko'lamdagi ishni bajarishi talab qilinadi.

Avvalambor, bir narsaga to'xtalib o'tsak: SHomurodov Italiyaga ko'chib o'tishi nafaqat O'zbekistonni, balki Rossiyani ham larzaga keltirdi. "Jenoa" 10 yildan buyon buncha ko'p pul sarflamagan edi. Genuyaliklar anchadan buyon 1-2 millionlik transferlar bilan cheklanishni maqul ko'rardi. Jamoa kuchli klublarga vaqtincha kerak bo'lmagan yosh iqtidorlarni kuchaytirib berishda ham ishtirok etadi. Osiyolik o'yinchi uchun 8-9 million yomon narx emas. Klub tarixida undan faqatgina bitta chet ellik o'yinchi qimmatroq ekan — Diego Milito. SHunday futbolchi hali esingizda bo'lsa kerak-a?

Eldor transferlar ro'yxatida shunchaki yo'q bo'lib ketmaydi, u haqiqiy javohir, "Jenoa"ning uzoq yillardagi asosiy transferi. Transfer summasi so'zimizni tasdiqlaydi va o'zbekistonlik muxlislarga umid bag'ishlaydi. "Gazzetta dello Sport" nashri SHomurodov tez orada Pyontek natijalarini takrorlashi mumkin deya taxmin qilmoqda. Buning ajablanarli joyi yo'q, sababi SHomurodov narx borasida polyakdan ikki barobar qimmatroq (klub 2017 yil yozida Pyontekni 4.5 mln evroga sotib olgandi).

Xo'sh, SHomurodov Italiyada yana nimalarga duch kelishi mumkin? Keling shular haqida batafsil suhbatlashamiz.


"Jenoa" ko'proq himoyada o'ynaydi, hujumchilar ham o'z jarima maydonigacha borib, darvozani himoya qiladilar. Eldor o'z ustida juda ko'p ishlashi kerak

"Jenoa" murabbiyi Rolando Maran raqib burchak zarbasini amalga oshirayotganda himoyalanishni tashkillashtirish bo'yicha diplom himoya qilgan. Bunday mavzu tanlanishi bejiz emas va Maran: qattiqqo'l, o'z fikrida qatiy turadigan, minimalistik hamda qatiy futbolni jamoasiga singdiradigan insondir.

Maran o'yinni shu qadar soddalashtiradiki, asosiy bog'lamlar avtomatik tarzda yaxshilanib boradi. U orqaroqqa joylashgan tayanch yarim himoyachisi bor himoyaviy futbolni afzal ko'radi, lekin fursat paydo bo'lishi bilan jamoa "prujina" kabi oldinga otiladi va bo'sh hududga hujum qiladi. Uning o'yin uslubi barcha klubida saqlanib qolgan — "Kataniya", "Kevo", "Kalyari" va hozir "Jenoa"da. Rolando 8 yildan buyon A Seriyada ishlaydi, bu vaqt ichida sxemasini 6 marotaba o'zgartirgan va tarkibga moslashish hamda rollarni o'zgartirish borasida o'z mahoratini ko'rsatgan, lekin uslub doim o'sha-o'sha bo'lgan.

Maranning hujumchisi — unchalik ham omadli odam emas. Uning tizimida forvardlar muhim rol o'ynaydi. Hattoki, modul bittasini yashirgan taqdirda ham, ular doim ikkita bo'lgan (xuddi "Kataniya"da 4-3-3 bo'lgani kabi — 2-hujumchi poziciyasida aldamchi vinger Papu Gomes o'ynagan).

"Jenoa" ikki vaziyatda himoyadan chiqadi. Agar raqib juda kuchli bosim o'tkazmasa, Maran erdan tezkor futbolni xush ko'radi; bu vaziyatda ikkinchi hujumchi maksimal darajada muhim — u hujumga orqaroqdan qo'shiladi, to'pni ushlab turadi va hujumni rivojlantiradi. Agar himoyachilar zichlashib ketishsa, genuyaliklar uzun pas berishga o'tadilar.


To'p uchun kurashda g'olib bo'lgach, "Jenoa" hujumga o'tadi. Agar bu usul ish bermasa va raqib "yopilib olsa", genuyaliklar ehtiyotkor 3-1-4-1-1 taktik sxemasiga o'tib oladi. Hujumni yakunlashda minimum futbolchi ishtirok etadi. Bir necha qavatli himoya Maranning asosiy principiga – to'pni qancha erta olib qo'ysak, raqib darvozasiga shuncha oz masofa qoladi – va to'pni olib qo'yishga alohida etibor qaratiladi: "Jenoa" qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'radi, bunday futbol esa himoyadan turib to'pni qanotdagi bo'sh zonaga, uzoqqa tepib yuborish imkonini ham beradi.

To'pni oldirib qo'ygach, genuyaliklar 5-3-2 ga o'tib oladilar. Himoya qanchalik chuqur joylashishi raqib bosimiga bog'liq. Top jamolarga qarshi hujumchilar himoyaning yana bir chizig'iga aylanadilar: maydonning o'zlari tarafdagi yarmiga qaytadilar, to'p oshirish mumkin bo'lgan "koridorlar"ni berkitishadi va darvozadan taxminan 40 metrlar uzoqlik to'p uchun chinakam kurashga kirishadilar. Standart vaziyatlarda himoyaga yordamga keladilar – "Jenoa"ning maydondagi barcha 10 futbolchisi bazan o'z jarima maydoni ichiga jam bo'ladi. Kuchsizroq raqiblarga qarshi Genuya jamoasi agressivroq harakat qiladi – pressing ertaroq boshlanadi va u qadar orqaga qamalib olmaydi. 

Aksariyat uchrashuvlarda SHomurodovdan aynan birinchi sanab o'tganlarimiz talab etiladi: "Jenoa"ning tarkibi Italiyada eng kuchsizlaridan biri hisoblanadi. Ismlarga qarasangiz vaziyat unchalik yomon emas: Krishito va Pandev hali ham yomon o'yin ko'rsatmayapti va o'tgan mavsum birgalikda 17 ta gol urishdi, Sapata – liganing eng abjir va hujumchilar yoqtirmaydigan himoyachilaridan biri, Zappakosta bir necha oy avval "CHelsi" futbolkasida "selfi" qilib yurgandi, SHyone "Ayaks" bilan ECHLda javlon urayotgandi, Perin – ajoyib reakciyaga ega darvozabon. Axir "Yuve" bekorga uni sotib olmagan. Lekin bu futbolchilarning barchasi o'zining eng yuqori darajasidan o'tib bo'lgan, ko'p jarohat olishmoqda, o'rinbosarlar esa ikki-uch darajada pastroq futbolchilar. O'tgan mavsum "Jenoa" oxirgi turda "jon saqlab" qoldi va hozir bu mavsum uchun asosiy vazifa – A Seriyada qolishligini yashirishmayapti.

Umuman olganda, Maran futboli – zavq olish uchun mo'ljallanmagan. Bu erda ishlash, ter to'kish kerak. Hujumchilar vazifalari aniq belgilab, ajratib berilgan. Ikkinchi forvard chiziqlar orasidagi hududlarda to'pni so'rasa, asosiy hujumchi oldinga yuguradi va himoyachilarni orqaroq qaytishga majbur qiladi – himoya chizig'i yoki ortga qaytadi va ikkinchi forvardga katta bo'sh hudud qoldiradi, yoki joyida qolib, orqasida katta bo'sh zona hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Pozicion hujumda "to'qqizlik" himoyachilar bilan bir chiziqda harakat qilib, jarima maydoniga yorib kirish uchun bo'sh zona qidiradi, orqaroqdagi hujumchi esa to'pni saqlab turilishi, uzatmalar amalga oshirib, vaziyat yaratishda ishtirok etadi.


SHomurodov ikki rolda ham o'ynashga qodir (ikkinchi rol vaziyatga qarab harakatlanishligiga qaramay, pozicion hujumda unga mos kelmaydi), lekin birinchi navbatda u "to'qqizlik" sifatida ko'riladi. U himoyachilardan bo'ladigan uzun paslardan keyin to'p uchun kurashni yutishi, himoyachilar ortidagi bo'sh zonalarga muntazam ochilib, raqibni charchatishi hamda ham hujumda, ham himoyada faollik ko'rsatib, bosib o'tilgan kilometrlarda ham katta raqamlarni qayd etishi zarur. Samaradorlik krosslar bilan qay tarzda ishlashga bog'liq: "Jenoa"ning 81% hujumi qanotlar orqali tashkillashtiriladi – bu A Seriyadagi eng yuqori ko'rsatkich. 


"Jenoa"da 8ta hujumchi, ammo bitta chinakam raqobatchi bor. SHomurodovning imkoniyatlari ancha yuqori 

Hozircha "Jenoa" tarkibida sakkizta forvard bor, lekin raqobat kuchli emas: ularning yarmi — ijaraga olingan primavera bitiruvchilari. Asosiy tarkibdagi ikki o'rin uchun 5ta o'yinchi davogarlik qilmoqda: Marko Pyaca, Mattia Destro, Goran Pandev, Janluka Skamakka va SHomurodov. Ha, Eldor bu ro'yxatda anchayin salobatli ko'rinmoqda.

Pyaca va Destro — sobiq bo'lajak yulduzlar. Pandev "Inter" bilan CHempionlar Ligasida g'alaba qozonganida, Skamakka endi futbol olamiga kirib kelgandi. Goran 37 yoshda. Maran murabbiy bo'lganidan so'ng shunday degandi: "Prezident maydonda qiyinchilikni ortiq ko'rishni istamayapti. Birinchi mavsumda u mendan elitadagi o'rinni saqlab qolishni so'ragandi, ikkinchi yili esa esda qolarli uslub yaratishimni hamda turnir jadvalining yuqoriroq pog'onasiga ko'tarilishimni aytgandi. Menga yorqin individuallikka ega, Genuya mentalitetining oynadagi aksi bo'la oladigan jamoa kerak". "Jenoa" A Seriyadagi o'rnini saqlab qolishi uchun imkoniyatlari yomon emas. 

SHu bilan birga, Eldorning istiqbollari strategik ustunlik bilan cheklanib qolmaydi. U Maranga aksariyat raqobatchilaridan ko'ra ko'proq mos keladi.

Janluka Skamakka — italyan yoshlari orasida asosiy to'purar hisoblanadi, bo'yi deyarli 2 metr. Agar uni hujum markaziga qo'yib, to'pni oldinga tepib yuboraversa, yaxshi foyda keltirishi mumkin, lekin "Jenoa"ga bu unchaklik ham to'g'ri kelmaydi. Maran forvardlar vazifalarini aniq belgilaydi: bittasi orqaroqqa qaytganda, ikkinchisi ofsayd chizig'iga chiqib, bo'sh hududdan hujumga o'tadi. Pandev bu borada ulkan tajriba va ko'nikmaga ega, shu sababli u "to'qqizlik" vazifasini bajaruvchi sherik topilsa, orqaroqqa qaytib o'ynashga bajonidil rozi bo'ladi. Biroq Skamakka haqida unday deb bo'lmaydi. Yugurish va orqaroqdan katta tezlikda borish uchun u juda og'ir (85 kg). Janluka ikkinchi forvard uchun bo'sh zona ochib berib, orqaroqqa o'tishi mumkin edi. Ammo bunday o'yin uchun Pandevga energiya etishmaydi. Skamakka qarshi hujum salohiyatini cheklaydi.

Marko Pyaca – "asli kasbi" vinger, lekin juda ko'p jarohat oladiganlaridan. Har yilning bir necha oyini albatta maydondan tashqarida o'tkazadi. Bundan to'rt yil avval u juda yaxshi sport formasida va yanada kuchli o'yinchiga aylanishga vada bergandi, biroq faoliyati boshlarida ikki marta tizzasi singani tufayli to'xtab qolgandi. Hozir hammasi joyida: nisbatan tezkor va yaxshi texnika sohibi, kurashlardan qo'rqmaydi, lekin hattoki "Jenoa"da ham asosiy tarkib futbolchisi emas. Marko jarima maydonchasi ichida yo'qolib qolaveradi, raqib darvozasiga teskari turib, foydali harakat qila olmaydi va shu sabab unga asosiy tarkibdan joy topilmaydi. Pyaca balki Pandevga birinchi o'rinbosardir, lekin gap "to'qqizlik" haqida ketsa, u kamida uchinchi.

Nazarimizda, SHomurodovning asosiy raqibi 29 yoshli Mattia Destro (Italiya termasida ham o'ynagan, Verining sobiq vorisi). Jurnalist Daniele Manusiya bundan olti yil avval Mattia haqida quyidagilarni aytgandi: "Destro Veridan keyin eng yaxshi italiyalik hujumchi hamda keyingi 10 yillikda jahonning asosiy forvardlaridan biriga aylanishi mumkin. Lekin u har hafta sport zalida o'zimiz bilan to'p tepadigan yigitga o'xshaydi, butun o'yin davomida u darvoza yonida turadi, nari borsa ikki metrga uzoqlashadi va oxirida - bilasizlarmi bugun men nechta gol urdim?, deb maqtanadi.

Mattia abjir, ammo futbolchilar tili bilan aytganda biroz "daraxt" futbolchi, SHomurodovdan bo'yi pastroq va sekinroq harakat qiladi, lekin jarima maydoni ichida ajoyib harakat qiladi va Pandev bilan bir-birini yaxshi tushunadi. Uning ustun tomonlari bor. Biroq bularning barchasiga muntazam jarohatlar to'sqinlik qiladi. Sinisha Mixaylovichning aytishicha, Destro endi yaxshi formaga kirdim deganda, jarohat olarkan. Bir safar u urgan golini nishonlay turib, mushagi shikastlangan ekan. Mavsum davomida Eldor "Jenoa"ning yagona sog' "to'qqizligi" bo'lib qolish ehtimoli ham yo'q emas.

Maran A Seriyasida 8 yil ishladi va bu vaqt ichida uning hujumchilaridan faqatgina ikkitasi 12tadan ko'p gol urgan. Birinchisi hech qachon bir joyda to'xtab qolmaydigan Gonsalo Berxessio edi. Ikkinchisi esa bosh bilan o'ynashdan boshqa narsa qo'lidan kelmaydigan, biroq aynan shu tomoni bilan ustun bo'lgan Leonardo Pavolettidir.

Maranning o'yinchilardagi sevimli jihatlari SHomurodovda mujassam ekan: dinamika, tezkor va baland bo'yli, ajoyib tarzda hujum qiladi hamda havoda xavfli. Stilistik tomondan u "Jenoa" uchun ideal o'yinchi. Unga imkon berilishi aniq, qolgani A Seriyaga moslashishi va o'zini ko'rsata olishiga bog'liq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика