So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

6ta o'yin, 1 durang va 5 mag'lubiyat. Qosimov AGMK boshqaruvida hali Arveladzeni mag'lub eta olmagan Yangiliklar

6ta o'yin, 1 durang va 5 mag'lubiyat. Qosimov AGMK boshqaruvida hali Arveladzeni mag'lub eta olmagan

Ertaga O'zbekiston Kubogi finali o'tkaziladi.

Bu yil ham nafaqat o'tgan yil, balki 2018 yil mavsumdagi kabi O'zbekiston Kubogi finalida AGMK va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi. O'tgan yil "Lokomotiv" stadionida kechgan bahsda AGMK 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. 

Undan oldingi yil Farg'onada bo'lib o'tgan Kubok finalida AGMK 3:1 hisobida zafar quchib o'z tarixida ilk bor Kubokni qo'lga kiritgan. Lekin, u payt jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov edi. 

2019 yildan AGMK boshqaruvi Mirjalol Qosimov qo'liga o'tdi. O'tgan yil olmaliqliklar Qosimov qo'l ostida "Paxtakor"ga qarshi 4 marta rasmiy o'yinda maydonga tushib, barchasida mag'lub bo'lishdi. Superligada 0:3 va 1:4, Kubok finalida 0:3, Liga Kubogi finalida 2:6. 

Bu yil hisobidan jamoalar Superligada o'zaro kurashib, "Paxtakor" stadionida kechgan bahsda 2:2 qayd etildi. AGMK maydonida bo'lib o'tgan ikkinchi davra uchrashuvida "Paxtakor" raqibini 6:0 hisobida mag'lub etdi. 

Ko'rinib turibdiki, Mirjalol Qosimov AGMK bosh murabbiyligini qo'lga olganidan beri SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor"ga qarshi shu paytgacha 6 bor jamoani maydonga olib tushgan. SHundan bittasida durang va 5 marta mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 6-24.

SHu o'rinda muxlislarni qiziqtirayotgan savol: Qosimov AGMK bosh murabbiyi etib tayinlanganidan beri ilk bor gruziyalik murabbiyni mag'lub etadimi yoki Arveledze "Paxtakor" bilan ikkinchi bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritadimi? Buni albatta ertangi final yakunida bilib olamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика