So’nggi yangiliklar

10:22«Нефтчи»ни яна бир легионери тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  5 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  6

6+4+3. Kuzgi imtihondan yaxshi o'tdik Yangiliklar

6+4+3. Kuzgi imtihondan yaxshi o'tdik

Kuz oylarini o'z ichiga olgan FIFA kunlari tugadi, O'zbekiston milliy terma jamoasi uch oyda 6ta o'yin o'tkazib maksimal 18 ochkodan 13 ochko jamg'ardi.

Terma jamoamiz sentyabr, oktyabr va noyabr oyida uchtadan o'yinda maydonga tushdi. Kuzning birinchi oyida KXDR (1:0) va Qirg'iz Respublikasi (3:2) ustidan zafar quchgan bo'lsak, oktyabrda Eron bilan durang (0:0) qayd etib, BAAni kichik 1:0 hisobida mag'lub etdik. Bu oyda esa safarda Qatarga engilib so'ngra yana KXDRni 1:0 hisobida mag'lub etdik. SHunday qilib maksimal 18 ochkodan ikkitasi Eron va yana uch ochko Qatar bilan o'yinlarda boy berildi.

Agar guruhdagi jadvalga nazar tashlaydigan bo'lsak, 13 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borayotganimiz va eng yaqin taqibchimiz BAAni 3 ochkoga ortda qoldirayotganimiz birmuncha taskin beradi. Qolaversa Eron ham bizdan uzoqlashib ketmagan va 16 ochko to'plab peshqadamlik qilmoqda. Mabodo siz terma jamoa o'yinlarini ko'rmasdan shunchaki jadvalga nazar tashlab, O'zbekiston ikkinchi o'rinda borayotgani va 1-2 o'rinlar to'g'ridan to'g'ri Jahon chempionatiga chiqishini bilsangiz juda yaxshi imkoniyatga egaligimiz ko'rinadi.

Masalan, qolgan ikkita guruhdagi ikkinchi o'rin jamoalarini qaraylik. "B" guruhida 14 ochko bilan Janubiy Koreya peshqadam, 11 ochko to'plagan Iroq ikkinchi o'rinda bormoqda. "C" guruhida Yaponiya 16 ochko bilan yaqqol peshqadam va deyarli Jahon chempionatiga chiqib bo'ldi. Ikkinchi o'rindagi Avstraliya hisobida esa 7 ochko mavjud. Ko'p ehtimol bilan Yaponiya peshqadamlikni berib qo'ymaydi, bizning guruhda Eron, "B" guruhida Janubiy Koreya bilan ham shunday bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin. Bu o'rinda bizdan ikkinchi o'rindan pastga tushmaslik talab etiladi. BAA yoki Qatarni o'tkazib yubormasak bas, marra bizniki.




Muhimi - tablodagi hisob

Baribir hamma joyda tablodagi yakuniy hisob o'z so'zini aytadi va hisob-kitoblar shunga monand olib boriladi. O'yin qiyin o'tdi, oson o'tdi, hujum qildik-qilmadik - bu boshqa masala. O'yin qanday olib borilishi, mashg'ulotlarda nimalarga etibor qaratilishi va maydonda qanday harakat qilinishi - bular g'alaba sari etaklovchi vosita. Futbolni 90 daqiqa "miq etmay" kuzatadigan va yakuniy hisobni o'zida Full time ko'rinishida aks ettiruvchi LED ekranli tablo "nima desa shu".

Terma jamoamiz safarda Qatarga mag'lub bo'lgach, bosh murabbiy atrofidagi gap-so'zlar ko'paydi. Endi shu o'yinni tahlil qiladigan bo'lsak, biz 0:2ni 2:2ga aylantira oldik va katta jasorat ko'rsatdik. Abbos Fayzullaev bejizga Osiyoda "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" bo'lmaganini isbotladi va Qatarning ikki goliga o'zining ajoyib ikkita goli bilan javob qaytardi. Eng qizig'i, maydondagi futbolchilar orasida eng bo'yi past o'yinchimiz bosh bilan ikkita gol urib hammani lol qoldirdi. Gollarni nishonlagani esa komiks qahramonlarini eslatib yubordi.

Qatarning uchinchi goli tasodif bo'lmadi. Bu mashg'ulotlarda ishlangan usul samarasi. Akram Afif to'pni shunchaki jarima maydonchasi ichiga uztib berdi, keyin narigi futbolchi bosh bilan sherigiga etkazdi va Lukas Mendesning omadi kelib tepgan to'pi tasodifan golga aylanib qoldi deyish xato bo'ladi. Bu Qatarning oxirgi hujumi va oxirgi imkoniyati edi. SHuni bilgan Afif es-hushini yig'ib hammasini o'ylangan tartibda bajardi. Bu o'rinda faqat Mendesning zarbasi gol bo'ladimi, shu savol ochiq turgandi. Uning baxtiga zarba kuchli va to'g'ri chiqdi, natijada Qatar uch ochkoni qo'lga kiritdi.




Eng yaxshi taktika - foyda keltirayotgan taktika

Terma jamoamiz Qatarga imkoniyatni boy berganidan so'ng bosh murabbiy Srechko Katanec atrofidagi gaplar yanayam kuchaydi. Safarda KXDRni mag'lub etib qaytganimizga qaramay bu gaplar tingani yo'q. Fakt shuki, biz ikkinchi o'rindamiz va Jahon chempionatiga chiqish uchun qulay imkoniyatga egamiz. Murabbiy uslubi ko'rinmayapti, maydonda ko'p narsani futbolchilar hal qilmoqda kabi fikrlarga aytadigan gapimiz - shu o'yinchilarni maydonga tushirayotgan murabbiy emasmi? Yoki futbolchilarning o'zi sen asosiyda tushasan, sen zaxirada qolasan deb aniqlayaptimi?

Jahon futbolida ham ko'ryapmiz, murabbiylik oson emas. Hatto murabbiylarning eng old qatorida turadigan Gvardiolaning ham ketma-ket 5ta o'yinda mag'lubiyatga uchrab ishi yurishmay qoldi. Yoki bo'lmasa Karlo Ancheotti ham "Real" bilan oson bo'lmagan davrni boshdan o'tkazmoqda. Bu - futbol, doim ham bir kishiga omad kulib boqavermaydi. Biz esa terma jamoa va Katanecga omad kulib boqmoqda deyishimiz mumkin. Va omad oxirigacha biz bilan bo'lsa, ishoning kamida ikkinchi o'rin bilan mundialga yo'l olamiz.

Bugungi kun futbolida murabbiylar ishiga baho berish juda og'ir. SHunday ekan, bu o'rinda Katanecni qo'rqoqlikda ayblamay turganimiz maqul. Katanec ham, terma jamoamiz ham qo'rqoq emas, balki o'ta ehtiyotkor. Biz har bir o'yinga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz, uyda Eron bilan shunday bo'lgandi, hatto ular bir o'yinchi kam bo'lib qolganida ham birinchi navbatda gol o'tkazmaslikni o'ylab nihoyatda ehtiyot bilan yondashdik. Kartinaga umumiy nazar tashlasak, Eron bilan o'yindagi durang bir ochko taqdim etgani va Eron bizdan boshqa hammani mag'lub etganini hisobga olsak, to'g'ri yo'lda ekanimiz oydinlashadi.

Murabbiy Superligani kuzatmayapti?

O'FA Srechko Katanec bilan qanday shartlar asosida kelishganini bilmaymiz. Bilganimiz shuki, sloveniyalik murabbiy oldiga O'zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Hech bir shartda Siz Superligani kuzatishingiz shart deyilmagan bo'lsa kerak. Futbolchilarni o'zi tanlayapti va shular bilan maqsad sari harakat qilinyapti. Superligani kuzatish-kuzatmaslik ikkinchi masala. Negaki har bir murabbiyning o'z qarashi bo'ladi. Bundan tashqari tarkibimiz negizi legionerlardan iborat ekanini inobatga olsak, Katanec urg'uni legionerlarga beryapti.

O'zbekistondan chetga qancha ko'p futbolchi ketsa shuncha yaxshi. Lekin chetga borgandan keyin o'ynash ham kerak-da. Hozir faqat 3-4 futbolchimizni hisobga olmasak, qolganlar o'z klublarida etakchi emas. Masalan, Eldor SHomurodov "Roma"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sababli (demak sport formasi ham joyida bo'lmagan) terma jamoaga kelib jarohat oldi. Katanec Superligani kuzatish-kuzatmasligidan ko'ra legionerlarimiz o'yin amaliyotiga ega bo'lyaptimi degan savolga javob qidirish muhimroq deb o'ylayman. CHunki legionerlar terma jamoaga tayyor holda kelsa, bu hammamiz uchun foydali bo'ladi.




Kapadzega hali bor

Agar Katanec ketadigan bo'lsa, zukko jurnalistlarimiz o'rniga nomzod ham topib qo'yishdi: Timur Kapadze. Joyi kelganda aytib ketaylik, o'zbegimda bitta yaxshi matal bor - kechuvda otlar almashtirilmaydi. Biz katta daryo ichidamiz, hamma yoq suv toshqini, daryoning narigi tarafida mundial. Hartugul o'rtasidan o'tib oldik va buyog'iga atigi to'rt qadam qoldi.

Kechuvning muhim pallasida yo'lboshchini almashtirsak nima bo'ladi? Hammasi zo'r bo'lib ketishiga kim kafolat beradi? Mayli, Katanec qanaqa murabbiy bo'lsa ham o'z missiyasini oxirigacha bajarib qo'ysin. Qatardagi mag'lubiyatdan so'ng agar KXDR bilan ham ochko yo'qotadigan bo'lsak, murabbiyni o'zgartirish tarafdori edim, ammo g'alaba qo'lga kiritildi va endilikda murabbiyni almashtirishdan mani yo'q.

Timur Kapadzening Parij Olimpiadasida ishini ko'rdik, murabbiy hali qo'p izlanishim kerak dedi, yaxshisi unga xalaqit bermagan maqul. Kapadze yosh murabbiy, ehtimol keyingi cikllarda uning tajribasi asqotar, ammo hozir emas. Qolaversa, futbolchilarimizning o'zi ham Katanecdan minnatdor. Mabodo Katanec sog'lig'ini o'ylab o'z arizasiga binoan ishdan ketadigan bo'lsa, unda murabbiy masalasi asosiy planga chiqadi, lekin O'FA ketkizadigan bo'lsa, murabbiyga to'lanishi kerak bo'lgan tovon puli borki, buni ham unutmaylik. SHunday ekan, hozircha hammasini o'z o'rnida qoldirib bahorgi o'yinlarni kutganimiz maqul.

X.Xoliqov.

Reyting: +18   

Fikrlar

+9   
23 noy 14:22:51
Futbol Uchun
Катанец ўрнига бошқа мураббий қидиришни бас қилинглар.Саралашда 6та ўйинда 5 тасини ғалаба қозонса ҳеч ким мураббийни эсламайди футболчилар зўр бўлади.Битта тасодифий мағлубиятга бунга хам етарлича сабаблар бор дастлабки дақиқада жарохатлар хакамларниг бир оз мезбонларга ён босиши ва ҳакозо мураббийни камчиликларни қидира бошлаймиз.Эрон,Саудия,Австралия,Кореялар ҳам осонликча рақибларини мағлуб эта олгани йўқ.Биз ҳозирги рақибларни фақат йирик ҳисобда енгишимиз учун Испания,Англия даражасида бўлишимиз керак,агар улар ҳам бу жамоаларни майдонларидан йирик ҳисобда ғалаба билан қайта олса.Вазиятга реал қарасак ҳозирги натижаларимиз зўр асосий рақибимиз БАА Сафарда Қирғизистонни ва Ш.Кореяни ютиши шарт.
+9   
23 noy 14:09:32
Rasul M
Davron foydalanuvchining fikriga javob berish
Zakazga yozilgan maqolanga uray Oʻzbekistonni bitta oʻyinini boʻlsayam 90 minut koʻrdingmi? Bu oʻyinni yoʻqlash Katanesni tarafkashi boʻlish uchun odam miyyasiz boʻlishi kerak. Hozir sani Katanezinga futbol terma murabbiylik kerak emas. Bor eʼtibori sogʻligida. Bunaqa odamni termada olib qolish faqat minusga ishlaydi. Ertaga martdagi yigʻingayam kelmasa koʻp ehtimol kelmaydi keyin ochko kerak Eron bilan oʻyinda yutqazsak orqangni tayyorlab qoʻy. Yozdagi issiq vaqtdaku oʻylab ham koʻrmasa kerak termada murabbiyligini. Almashtirish kerak hozir vaqti mart oyida esa juda kech boʻladi
Sanlaram zakaznoy odamsanla unda Kimdirlar yollagandir balkim bir iki choy chaqa berib
+5   
23 noy 16:20:21
Rasul M
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Энг ёмони ш. Корея билан ўйинни охирида футболчиларимизни жисмоний муаммолари кўриниб қолди натижа 1-ўринга чиққанида бизни футболчилар мухлислар учун ўйнамай қўйишди
Muxlislar uchun oynash deganda faqat xujumni tushunasizmi deyman Balkim xisobni saqlab qololmaganda xam Muxlislar uchun oynash kerak edi xatya xisobni saqlab qolish kerak edi deb otirardilaring...Sizlarga shu faqat xujum qilsada raqib safida 11ta futbolchni bolishini unutib qoyasila xuddiki Faqat maydonda uzbekiston futbolchilari bordek gapirasizlar
+5   
23 noy 15:22:24
UmiD Aliev
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Энг ёмони ш. Корея билан ўйинни охирида футболчиларимизни жисмоний муаммолари кўриниб қолди натижа 1-ўринга чиққанида бизни футболчилар мухлислар учун ўйнамай қўйишди
Siz Laosga borganimisiz iqlimi haqida xabariz yo'q,jimgina futbolni ko'ring!maydon xolati xam juda yomon edi.Ularga xam qiyin xam.parvoz xam oqlim 100 daqiqa o'ynash
+5   
23 noy 15:08:45
Grand Grand
Терма жамоани мурабйи бошкармаётган экан эшшакни юки енгилрок келса бакирай экан Камерун Венусуэла Болиявиялар уйнаб ютган ойша холангни ерима еки Катанецма
+4   
23 noy 15:28:32
Tohir P
Borakanu sog'lom fikrli,xolis jurnalist.
+4   
23 noy 13:55:27
Salom_Madrid
Qirg‘iziston uyda va safarda Eronga qarshi bahs juda muhim! Ko‘pchilik allaqachon Eronga 3 ochkoni topshirib Final bahsi BAAga qarshi safar o‘yini bo‘ladi demoqda l.n davraviy o‘yinlarda har bir o‘yin juda muhim. Forslarga qarshi o‘yin Tehronda bo‘lmay Dubayda bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.
+3   
23 noy 15:28:08
Tohir P
Davron foydalanuvchining fikriga javob berish
Zakazga yozilgan maqolanga uray Oʻzbekistonni bitta oʻyinini boʻlsayam 90 minut koʻrdingmi? Bu oʻyinni yoʻqlash Katanesni tarafkashi boʻlish uchun odam miyyasiz boʻlishi kerak. Hozir sani Katanezinga futbol terma murabbiylik kerak emas. Bor eʼtibori sogʻligida. Bunaqa odamni termada olib qolish faqat minusga ishlaydi. Ertaga martdagi yigʻingayam kelmasa koʻp ehtimol kelmaydi keyin ochko kerak Eron bilan oʻyinda yutqazsak orqangni tayyorlab qoʻy. Yozdagi issiq vaqtdaku oʻylab ham koʻrmasa kerak termada murabbiyligini. Almashtirish kerak hozir vaqti mart oyida esa juda kech boʻladi
Fikring bir tiyinga qimmatligini sanga bosilgan minuslardan bilib olaver.
+3   
23 noy 15:08:26
Neftci&Barca
Кўпчилик Кападзе катанецни ўрнига бўлишни ёзишган. Кападзе бекорга ЦСКА клубига тажриба ортириш ва ўрганиш учун кетгани йўқ, менимча ўзи билди унга халқаро тажриба етмаётганини. Агар Кападзе яхшироқ ўрганиб олса ва у кейинчалик яна ёшлардан бошлаб ўз имкониятни синаб бор билимини қўллаши керак. Ундан яна янги ёш олимпиячиларни тарбиялаб ва кейинги олимпиадага олиб чиқишини хохлаймиз! Катанецни кўрайликчи кейинги ўйинларда, тўғри ҳозир бирданига алмаштириб бўлмайди, лекин баҳоргача вақт етарли. Катанецни услуби кўп ўзбек мухлисларига ёқмаябди, тўғри у балки “Биз ҳар бир ўйинга ниҳоятда эҳтиёткорлик билан ёндашаятгандур”, лекин уни ўта эҳтиёткорлиги панд беришидан хамма мухлислар хавотирда.
+2   
23 noy 16:28:41
Rasul M
Boshida Katanes yana kelmaydi yoqotish kerak deyishdi?Keldi Keyin Qatarga yutqizdi istefo deyishdi Keyin Laosga bormayman debdi deyishdi umuman aytilmagan Laosga bordi Keyin Shimoliy Koreaga xam yutqizamiz bu bolishda deyishdi Shimoliy koreani xam yutdi bu takasaltanglar endi nima deyishni bilmay Qorqoq futbol oynatayapdi İstefoga chiqarish kerak deyishyabdi Katanes boshchiligida rasmiy oyinlarda ikkinchi marta maglub bolishdi lekin bular Shundaxam istefo deyishyapdi Demak ikita variant qoldi Yo bu odamlar chindan xam Futbolni tushinmay shunchaki İnternetta gap bolsin deb yozishayapdi yoki kimnidir Yollanma kuchugu Kimdurla Shu pravakatsiya qilaylik deyishgan bolishsa kerak
+2   
23 noy 16:02:05
black wolfe
ЖЧ га деярли чикиб булдик.Хали эронам катарам очко йукотади,киргизларам чакана чикмади амаллаб очко олади.
+1   
24 noy 10:21:33
Rasul M
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўзизча нималар деб ташаяпсиз, мухлислар учун ўйнаш натижа кўрсатиш нима эканлигини жуда яхши биламан. Ўша кунги ўйинда боллар чарчаб қолгани зўрға ҳисобни сақлаб қолгани шундоқ кўриниб турганди ш. Корея ўрнида бошқа ўртача жамоа бўлганда очкосиз қолишимиз мумкин эди Жаҳон чемпионатида иштирок этишни мақсад қилган ҳар қандай жамоа гуруҳ аутсайдерини бемалол ютиши керак. Ҳимояга ётиб тўпни тўғри кеган тарафга тепиш билан бирор натижа қилиб бўмайди олдинда БАА Эрон Қатарга қарши ўйинлар турибди
Osha BAA eronlaring bilan xam narmalni oynayapti...Faqat shu mumkin edi unaqa bolar edi bunaqa bolar edi degan gaplarni yigishtiraylik jamoa yomonmas raqibga moslashib oynayapti
+1   
23 noy 17:11:14
Futbol Uchun
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ш. Корея ўз уйида Қатар ва БАА билан дуранг ўйнади. Шунинг учун ҳам, шимоликларни очкоси иккита!
БАА да Ш.Корея дуранг ўйнаган 25 мартда Лаосда Ш.Корея-БАА бўлади.
+1   
23 noy 16:31:21
Ўзбек футболининг муҳлиси
Муаллифи Х.Холиқов бўлса керак дегандим...
+1   
23 noy 15:25:04
IBOH SARIASIYA
Джахонгир Болтаев foydalanuvchining fikriga javob berish
Нега хеч ким биз кирғизларни уйда иложи борича кўп гол фарқи бн ютишимизни этмаяпти? Ёки ман адашдимми.
Кечирасиз-у Эша манаман деган Эрон ҳам 3-2га ютди.Қирғизлар подарками сизга?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика