So’nggi yangiliklar

11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  0 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  3 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  31 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  4

6-sinfni bitirgan futbolchilar diqqatiga: Respublikaning eng yaxshi futbol maktab-internati qaytdi! Yangiliklar

6-sinfni bitirgan futbolchilar diqqatiga: Respublikaning eng yaxshi futbol maktab-internati qaytdi!

Teglar :  ROZSK
Mixail Andan tortib, Vladimir Fyodrovgacha. Server Jeparovu, Aleksandr Geynrix. Odil Ahmedovdan boshlab, Jaloliddin Masharipovgacha tarbiyalab bergan, mana hozi Spartakka o'tish arafasida turgan Oston O'runov uchun uy bo'lgan RUOR (Xalq tilida. Olimpiya zaxiralari kolleji) yana istedod egalari uchun o'z eshigini ochdi.

Yuzlab futbolchilarni oliy liga va MTJ yo'lida tarbiyalab bergan Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining futbol bo'limi 2018 yil nomalum sabablarga ko'ra yopilgan edi. Bugun Sport vazirligining say-harakatlari tufayli u yana o'z faoliyatini boshladi. Qoidaga ko'ra 2020 yil akademiyaga 6 sinfni bitirgan futbolchilar o'qishga kiradilar. Bu 7 yoshdan maktabga chiqqan 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar. 

2019 yil ROZSKga direktor etib tayinlangan Avaz Karimov Sport Vazirligi bilan hamkorlikda bu dargohni futbol bo'limini avvalgi mavqeyini tiklashga bel bog'lagan. Respublikaning eng yaxshi futbolchilarini yig'ish orqali, ularni tarbiyalab MTJ va o'z viloyatlarining etakchi futbolchisi bo'lishlarida yordam berish, asosiy maqsad.

SHu munosabat bilan mazkur avlod murabbiyi etib, o'z paytida «Paxtakor» va MTJ libosida muvaffaqiyatli to'p tepgan Zayniddin Tojiev bosh murabbiy etib tayinlandi.

«ROZSKni avvalgi darajasiga olib chiqish uchun bel bog'ladik. Bugun hukumatimizning ko'magida, katta qurilish ishlarini boshlab yuborganmiz. Futbol ROZSKni yuzi bo'lishi kerak. Ota-onalar ikkilanmay bizga ishonishingiz mumkin, biz Sizlarni uyaltirmaslik uchun eng yaxshi sharoitlarni farzandlaringizga tayyorlayapmiz. Endi futbol bo'limi Evropa dasturi asosida ishlaydi. Kerak payt basseyn, kerak payt engil atletika murabbiyi xizmati, jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun trenajer zallarining barchasi istedod egalarining ixtiyorida bo'ladi», - deydi Avaz Qudratillaevich.

Mazkur guruhga murabbiy etib tayinlangan Zayniddin Tojievning fikri quyidagicha bo'ldi:

- O'zimiz ham shu dargohni nafasini olganmiz. Ayni paytda men ishlayotgan «Odil Ahmedov FA»ning 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan guruhlari Toshkentning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ular orasidagi eng yaxshilarini saralab olamiz, ular qatoridan boshqa jamoalarning ham yaxshi saviyadagi futbolchilari kelsa yanada yaxshi bo'lardi. Bizning maqsad O'zbekiston milliy terma jamoasi saviyasidagi futbolchilarni tarbiyalash.

15 avgustga qadar qabul davom etadi. Buning uchun siz quyidagi hujjatlarni yig'ishingiz kerak bo'ladi:

1. O'quvchining ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs tomonidan maktab internat direktori nomiga ariza.

2. Tug'ilganlik to'g'risida guvohnomaning FXDYO tomonidan asliga to'g'ri ekanligi haqidagi nusxasi (asli komissiyaga ko'rsatiladi).

3. Tibbiy malumotlar:

- F-026 U formadagi maktab tibbiy anketasi

- F-063 U formadagi profilaktik emlash kartasi

- 086 - U formadagi tibbiy malumotnoma

4. Umumtalim maktabining 6-sinfni tamomlaganligi to'g'risida baholar tabeli.

5. 3.5x4.5 hajmdagi 8 dona rangli surat.

Malumot uchun telefon: 71 2734989 (Toshkent). Karantin tufayli qulaylik yaratish maqsadida, har bir viloyat o'quvchisi o'z hududidagi sport boshqarmasiga hujjat topshirishi mumkin.

Bizning shior - ROZSK bilan Evropaga qadam!

Reyting: +15   

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика