6 qavatdan tushgan shaxs 3 argentinalikni jarohatladi, o'zi esa vafot etdi
18 iyu 2018 10:51
Yangiliklar
6 qavatdan tushgan shaxs 3 argentinalikni jarohatladi, o'zi esa vafot etdi
16 iyun kuni soat 22:00 atrofida Vasilevsk ko'chasidagi ko'p qavatli uylarning biridan bir kishi tushib ketdi. Malum bo'lishicha u 6 qavatdan yiqilgan. Bu shaxs Argentina o'yinidan qaytayotgan janubiy amerikalik muxlislar ustiga tushgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, yigit yiqilishidan avval oynadan turib haqoratli so'zlarni aytgan va muvozanatni ushlay olmay, pastga yiqilgan.
Zarbadan 3 argentinalik uchib ketgan. Ularning faqat biri o'rnidan tura oldi. SHifokorlar shikastlangan uch kishini kasalxonaga yotqizishdi, Derazadan tushib ketgan shaxs esa kecha vafot etdi. Jarohatlanganlar asta-sekin oyoqqa turishmoqda va Argentina terma jamoasining navbatdagi o'yinigacha sog'ayib ketishga umid qilishyapti. Voqeadan so'ng policiya vafot etgan shaxsning uyiga kirishgan va xonadondan yoshlar kiyimi, yoqilgan ammo interneti yo'q kompyuter va stol ustida dorilar topishgan.
Fikrlar