6 kun o'tar-o'tmas Eron FF Skochichni o'z lavozimiga qaytardi. Bu terma jamoa va murabbiy o'rtasidagi eng qisqa istefoligi aytilmoqda
18 iyu 2022 08:15
Yangiliklar
6 kun o'tar-o'tmas Eron FF Skochichni o'z lavozimiga qaytardi. Bu terma jamoa va murabbiy o'rtasidagi eng qisqa istefoligi aytilmoqda
12 iyulda Eron futbol federaciyasi Dragan Skochich bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.
Biroq, tashkilot 6 kun o'tar-o'tmas 53 yoshli mutaxassisni o'z lavozimiga qaytarishga qaror qildi. Bu murabbiy va terma jamoa o'rtasidagi eng qisqa istefo bo'lishi mumkin.
Xorvatiyalik mutaxassis qo'l ostida forslar JCH-2022 saralashidan muvaffaqiyatli o'tib, final bosqichiga yo'l olishgandi.
Eslatib o'tamiz, Eron termasi Qatardagi mundialning “B” guruhida Angliya, AQSH hamda Uelsga qarshi bahs olib boradi. Ular ilk tur uchrashuvini 21 noyabrda inglizlarga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar