So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

0:5 Osiyo uchun ogohlik qo'ng'irog'imi? Yangiliklar

0:5 Osiyo uchun ogohlik qo'ng'irog'imi?

Kecha bo'lib o'tgan Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bilan JCH-2018 bahslariga start berildi.

Musobaqaning ochilish o'yinida Rossiya Saudiya Arabistonini yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi. Albatta, bunday natija qayd etilishini ko'pchilik kutmagan bo'lsa kerak. CHunki Rossiya o'rtoqlik o'yinlarida deyarli g'alabaga erishmagan, natijada bosh murabbiy Stanislav CHerchesov mahalliy OAV tomonidan keskin tanqidga uchragandi.

Ammo o'rtoqlik uchrashuvi boshqa, rasmiy o'yinlar boshqa ekanini kechagi bellashuv ko'rsatib berdi. Ruslar ortiqcha qiyinchiliksiz saudiyaliklarni mag'lub etishdi. Qolaversa ularga omad ham kulib boqdi. CHunki darvoza tomon aniq tepilgan to'plar golga aylanaverdi. To'g'risi, men Rossiyaning g'alabasiga shubha qilmagandim, faqat hisob shunchalik yirik bo'lishini kutmagandim. Rossiya 2:0 zafar quchsa kerak deb taxmin qilgandim.

Aslida-ku 3:0ga tortadigan o'yin bo'ldi, faqat 90-daqiqadan keyin arablar gol kerakmi, uraveringlar degandek yana ikkita o'tkazib yuborishdi. Va mana shu oxirgi ikkita gol umuman ortiqcha bo'ldi. Bu bilan Saudiya nafaqat o'ziga, balki Osiyoga bo'lgan etiborni pasaytirib yubordi. Endi boshqalar ham Osiyoda futbol ancha orqada ekan demasa bo'lgani.

Aslini olganda Rossiya terma jamoasi u qadar kuchli emas. SHunchaki arablar juda yomon o'ynashdi. Xuddiki uyqusirab harakat qilishdi. Jamoani jahon chempionatiga olib chiqib, keyinchalik haydab yuborilgan Bert van Marveykning uvoli urdi shekilli. Modomiki Osiyoda yashar ekanmiz, Osiyo jamoalarining har biri bizni qiziqtiradi. Mundialda qatnashayotgan beshta jamoadan hech biriga befarq emasmiz.

Va shuni aytishni xohlardikki, kechagi 5:0 Osiyo futboliga berilgan baho emas. Bu baho faqat Saudiya Arabistonining hozirgi holatiga berildi. Ammo qolgan to'rt jamoa - Avstraliya, Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaning bugungi saviyasi Saudiyanikidan ancha baland va shu jamoalardan hech bo'lmasa ikkitasi mundialda sensaciya ko'rsata oladi deb o'ylayman.

Albatta, kechagi 5:0 OFKga azo davlat sifatida bizga ham og'ir botdi, lekin hali hammasi oldinda. Jahon chempionati endi boshlandi. Saudiyaning yirik mag'lubiyati Osiyo uchun ogohlik qo'ng'irog'imi? SHaxsan o'zim bunday demagan bo'lardim, chunki buyoqda yana to'rtta jamoaning borligi va ularning o'yini arablarga nisbatan kuchliligi ich-ichimdan xavotirga o'rin yo'q demoqda. SHunday ekan, qitadoshlarimizni kuzatishda va ishonishda davom etamiz.

JCH-2018. Osiyo jamoalarining guruh o'yinlari taqvimi:

1-tur uchrashuvlari
14 iyun. 20:00. 
Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0
15 iyun. 20:00. Marokash - Eron
16 iyun. 15:00. Franciya - Avstraliya
18 iyun. 17:00. SHveciya - Janubiy Koreya
19 iyun. 17:00. Kolumbiya - Yaponiya 

2-tur uchrashuvlari
20 iyun. 20:00. 
Urugvay - Saudiya Arabistoni
20 iyun. 23:00. Eron - Ispaniya
21 iyun. 17:00. Daniya - Avstraliya
23 iyun. 20:00. Janubiy Koreya - Meksika
24 iyun. 20:00. Yaponiya - Senegal 

3-tur uchrashuvlari
25 iyun. 19:00. 
Saudiya Arabistoni - Misr
25 iyun. 23:00. Eron - Portugaliya
26 iyun. 19:00 Avstraliya - Peru
27 iyun. 19:00. Janubiy Koreya - Germaniya
28 iyun. 19:00. Yaponiya - Polsha

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика