So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

5 kun ichida 3 ta Xitoy klubi “Lokomotiv”ga raqib bo'ladi Yangiliklar

5 kun ichida 3 ta Xitoy klubi “Lokomotiv”ga raqib bo'ladi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv”ning Dubaydagi navbatdagi raqibi ham Xitoy Super ligasi vakili bo'ldi. 10 fevral kuni jamoamiz o'z chempionatini 11-o'rinda yakunlagan “Xanjou Grintaun” klubiga qarshi saf tortadi.

12 hamda 14 fevral kunlari mos ravishda “Tyanczin Teda”, “CHanchun Yatay” klublariga qarshi o'yinlar o'tkazilishi haqida xabar qilingandi.

“Xanjou Grintaun” tarkibida etti nafar legioner to'p suradigan Xitoy klubidir. Jamoaning osiyolik futbolchilari muxlislarimizga ko'proq tanish. Jumladan, avstraliyalik Metyu Spiranovich, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan Beom-Seok Ox, livanlik Roda Antar kabi yigitlar haqida o'zbekistonlik futbol muxlislarining tasavvurlari bor.

Bular safiga taypeylik Po-Liang CHen, tunislik Bassem Bulaabi, serbiyalik Milosh Bosanchich, ivuarlik Devi Kloud Angan, braziliyalik Anselmo Alvesh Erkulano kabi legionerlarni ham qo'shish mumkin. Taypeylik futbolchini inobatga olmasa, horijliklarning barchasi o'z vaqtida Evropa qitasida to'p surgan.

Bugun “Lokomotiv” futbolchilari o'zaro ikki tarkibga bo'lingan holda kurash olib borishadi. 31 yanvar kuni xuddi shunday bellashuv Toshkentda tashkil etilgandi. Dubaydagi ikkinchi yig'in yakunida “Lokomotiv” umumiy hisobda Xitoy klublarining to'rttasi bilan bellashib ko'rgan bo'ladi. Quyida 2016 yil hisobidan o'tkazilgan barcha o'rtoqlik bellashuvlari haqida malumot olishingiz mumkin.

2016 yildagi o'rtoqlik o'yinlari
15 yanvar, 2016 Al-Ahli (Saudiya Arabistoni) – Lokomotiv 0:0
19 yanvar, 2016 Xenan Jiane (Xitoy) – Lokomotiv 0:0
22 yanvar, 2016 Slovakiya U-21 – Lokomotiv 0:2
5 fevral, 2016 Al-Urooba – Lokomotiv 1:5

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика