So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  0 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  1 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  11 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

4ta o'yin o'tkazadigan Eron 27 may, 3ta o'yin o'tkazadigan O'zbekiston 21 may kuni yig'iladi Yangiliklar

4ta o'yin o'tkazadigan Eron 27 may, 3ta o'yin o'tkazadigan O'zbekiston 21 may kuni yig'iladi

Xabaringiz bor, iyun oyida markazlashgan tartibdagi JCH saralash bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan o'yinlarga tayyorgarlikni 21 maydan boshlashi malum qilindi. SHunday qilib terma jamoaga nomzod futbolchilar 21 may kuni Toshkentda to'planadi. To'xtab qolgan JCH saralashdagi ilk o'yinni 7 iyun kuni o'tkazishimizni hisobga olsak, terma jamoa 17 kun (!) oldin yig'iladi. 

Malum bo'lishicha, 21 may kuni jam bo'ladigan terma jamoa bir haftalik yig'inni Bo'stonliq tumanidagi CHimyon tog' yonbag'irlarida olib boradi. Bir haftalik yig'indan so'ng vakillarimiz Dubayga yo'l olib, u erda 29 may kuni Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. 

SHundan so'ng milliy jamoa to'g'ri Saudiya Arabistoni tomon parvoz qiladi va Ar Riyodda 7 iyun kuni bo'ladigan o'yinga hozirlikni davom ettiradi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash ikkinchi bosqichidagi oxirgi 3ta uchrashuvni Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi o'tkazadi. Jamoa oldiga har uchala bahsda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan. 

Eron terma jamoasi ham o'z rejalarini malum qildi. Bizdan farqli o'laroq eronliklarni oldinda 4ta rasmiy bahs kutmoqda. Ular Manamada o'tkaziladigan markazlashgan musobaqada Gonkong (3 iyun), Bahrayn (7 iyun), Kambodja (11 iyun) va Iroq (15 iyun) termalariga qarshi maydonga tushishadi. Etibor bering, Eron terma jamoasi ilk uchrashuvni 3 iyunda o'tkazadi, ammo bu o'yinga tayyorgarlikni 17 kun oldin boshlamaydi, balki bir hafta qolganida, yani 27 maydan yig'iladi. 

27 may kuni yig'iladigan Eron terma jamoasi Tehronda uch kunlik mashg'ulot o'tkazib, 31 may kuni Bahraynga uchib ketadi. Ular o'yindan ikki-uch kun oldin manzilga etib borishadi. Biz esa birinchi o'yindan bir hafta oldin Saudiyada bo'lamiz. Farqi shundaki, Eron terma jamoasi hech kim bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydi. Har holda hozircha bu haqda malumot berilmagan.

Ko'rinib turibdiki, bizda tayyorgarlik Eronga nisbatan ancha jiddiy va uzoq davom etadi. Terma jamoa manfaati uchun ichki chempionat salkam bir oylik tanaffusga chiqadi. Aytaylik, Avstraliya bilan o'yin hal qilingani bu juda yaxshi. Rasmiy bahslar oldidan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish doim foyda beradi. Lekin ungacha ham Superligada hech bo'lmasa bitta turni o'tkazib olishimiz mumkin edi. Har holda qo'shimcha bitta turda maydonga tushish futbolchilarga CHimyonda bir haftalik mashg'ulotdan ko'ra ko'proq yordam berardi degan fikrdaman.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика