49 yoshli Miura Yokogama bilan shartnomani uzaytirdi
11 jan 2017 22:31
Yangiliklar
49 yoshli Miura Yokogama bilan shartnomani uzaytirdi
Yaponiyalik yarim himoyachi Kazuyoshi Miura Yokogama safida o'ynashni davom ettiradi.
49 yoshli futbolchi yana bir yil davomida Yaponiya ikkinchi divizionida o'ynaydigan bo'ldi. SHu tariqa, Miura professional futboldagi o'zining 32-mavsumini o'tkazadi. 26 fevralda u 50 yoshga to'ladi. Futbolchi 1986 yilda Braziliyaning Santos klubida boshlagandi.
Miura Italiya A seriyasida o'ynagan birinchi yaponiyalik futbolchi bo'lgandi. 1994 yilda u Jenoada o'ynagan.
Yokogama safida Miura 2005 yildan buyon o'ynamoqda. Futbolchi Yaponiya terma jamoasi safida 89ta o'yinda 55ta gol urgan.
Bu qiziq. O'zbekistonga 3ta gol urgan futbolchi 48 yoshida hamon futbol o'ynamoqda
Fikrlar