42 yoshli Rikelme faoliyatini davom ettirishi mumkin
30 okt 2020 13:00
Yangiliklar


42 yoshli Rikelme faoliyatini davom ettirishi mumkin
"Barselona" va "Vilyarreal"dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Xuan Roman Rikelme faoliyatini davom ettirish haqida o'ylamoqda.
Bu haqda "Boka Xuniors" prezidenti Xorxe Ameal xabar berdi.
"Bu qarorda qandaydir ajabtovur narsani ko'rmayapman. Siz uning bir marta bo'lsa ham yomon futbol ko'rsatganini ko'rdingizmi? Men ko'rmadim. Men uning qaytishini va rasmiy o'yin o'tkazishini xohlayapman.
Muxlislar uni maydonda ko'rishni xohlashadi. Biz u bilan bu borada gaplashdik", - deydi prezident.
Eslatib o'tamiz, Rikelme faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U hozirda 42 yoshda va "Boka Xuniors" vice-prezidenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar