42 foiz muxlis Kante "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak deb hisoblaydi
04 iyu 2021 19:08
Yangiliklar
42 foiz muxlis Kante "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak deb hisoblaydi
The Spectator Index o'z Twitter akkauntida 2021 yilda "Oltin to'p"ni kim qo'lga kiritishi kerakligi to'g'risida so'rovnoma o'tkazdi.
Ro'yxatga to'rt nafar nomzod kiritilgan va ovoz berishda hozircha 164000 kishi qatnashgan. Eng ko'p ovoz "CHelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante (42,5%)ga tegishli. Ikkinchi o'rinda "Barselona" sardori Lionel Messi (27,2%), uchinchi pog'onani "Bavariya" to'purari Robert Levandovski (25,1%) egallagan bo'lsa, so'nggi o'rinni PSJ forvardi Kilian Mbappe (5,1%) qayd etib turibdi.
Kante "CHelsi" bilan CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi va musobaqaning final hamda har ikkala yarim final uchrashuvida eng yaxshi o'yinchi deb topildi. Futbolchining o'zi esa "Oltin to'p" uning uchun muhim ahamiyatga ega emasligini takidlab o'tgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar