41 yoshli Zlatan Evro saralashida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchi bo'ldi
25 mar 2023 07:30
Yangiliklar
41 yoshli Zlatan Evro saralashida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchi bo'ldi
Zlatan Ibragimovich Evro saralashlari tarixida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi.
SHveciya terma jamoasi hujumchisi 41 yosh 172 kunligida Evropa chempionatining saralash bahsida maydonga tushdi.
Zlatangacha Evro saralashlaridagi eng qariya futbolchi Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Dino Zoff hisoblanardi. 1983 yilda maydonga tushganda Zoff 41 yosh 3 oylik edi.
Qayd etish lozim, Ibragimovich SHveciya terma jamoasi safida 122 ta o'yin o'tkazib, 62 ta gol urgan. U terma jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi.
Fikrlar