41 yoshli Xoakin "Betis" mavsumga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishi uchun faoliyatini yakunlashga tayyor
31 avg 2022 10:20
Yangiliklar
41 yoshli Xoakin "Betis" mavsumga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishi uchun faoliyatini yakunlashga tayyor
"Betis" hujumchisi Xoakin klub bilan shartnomasini bekor qilishga va faoliyatini yakunlashga tayyor.
41 yoshli ispan mavsumga darvozabon Klaudio Bravo va hujumchi Villian Jozeni ro'yxatdan o'tkazish uchun shunday taklif berdi. Klub bu taklifni rad etdi.
"Betis" transfer oynasi so'nggiga qadar futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish muammolarini hal qilish uchun forvard Loren Moronni sotishga harakat qiladi.
Xoakin 2015 yildan beri "Betis"dan o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar