39 yoshli Reyna "Lacio" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
04 sen 2021 18:23
Yangiliklar
39 yoshli Reyna "Lacio" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Tajribali ispaniyalik darvozabon Pepe Reyna Rimning "Lacio" klubi bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashni rejalashtirmoqda.
"Klubim bilan mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomam bor. Agar kelisha olsak, yana bir yil qolaman. Yaqinlarim Rimda baxtli", - deydi 39 yoshli darvozabon.
Reyna "burgutlar" safiga o'tgan yilning sentyabrida o'tgan edi. Pep joriy mavsum A Seriya doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 2ta to'p olib chiqdi.
"Lacio" ikki turdan so'ng to'plar nisbatiga ko'ra, A Seriyada etakchilikni qo'lga oldi.
Fikrlar