So’nggi yangiliklar

12:36"Арсенал" учун янги муаммо: Артета футболчиларининг жароҳати ҳақида гапирди  0 12:07Қотиллик учун жазо ўтаб чиққан дарвозабон яна қамоққа қайтарилади  1 11:39"Челси" футболчиси клубда қолишни хоҳлайди, аммо раҳбарият бошқача фикрда  0 11:15Икки футболчи учун 100 миллион. "Реал" ёзги трансфер ойнасидаги устувор мақсадларини белгилаб олди  6 10:34"Нефтчи" - "Андижон" учрашувига чипталар сотуви бошланди  6 09:52Дибаланинг кейинги манзили маълум  3 09:24Хави 2023 йилда Мессининг "Барселона"га ўтмаганига жамоа президентини айблади  23 08:55Пеп Гвардиола дунёда исталган футболчини шуғуллантириш имкони бўлса, кимни танлашини айтди  8 08:27Эрондан қайтган бир қатор футболчиларимиз миллий терма жамоаси мураббийлари назоратида машғулот олиб бормоқда  2 07:58ЎзПФЛ. Бухоро ва Ғузордаги стадионда муаммолар мавжуд  18 07:30Осиё Кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз Бангладешга қарши баҳс олиб боради  2 03:30Минус 10 очко: Хитой чемпионатида 13 та клуб жазоланди  4 02:45А Серия. Милан дербисида "Милан" "Интер"ни мағлуб этди  20 00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  1 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2

31 may kuni "Real Madrid"ning 3 nafar murabbiyi Toshkentga keladi Yangiliklar

31 may kuni "Real Madrid"ning 3 nafar murabbiyi Toshkentga keladi

Yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo'yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan endilikda “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishadi.

SHuni ham alohida takidlash kerakki, Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib bormoqda.

Ispaniyalik mutaxassislar yurtimizdagi bolalarga futbol bo'yicha master-klasslar o'tab berishadi.

2004 va 2008 yillar oralig'ida tavallud topgan 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master klass tadbiri 2 qismdan iborat bo'ladi. Dastavval 4-9 iyun kunlari 2006-2008 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar o'rtasida, keyin esa 11-16 iyun kunlari 2004 hamda 2005 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun o'tkaziladi.

Har bir viloyatning aholisi sonidan kelib chiqib, O'FA hududiy federaciyalarga o'z kvotalarini ajratgan. O'FA bilan kelishgan holda, Toshkent shahar FF 2006-2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalarini jahon chempioni bo'lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga beradigan bo'ldi.

SHu bilan bir qatorda, Azamat Abduraimov boshchilik qilayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham "Real Madrid" klubi akademiyasining tadbirida ishtirok etadi.

"Real Madrid" ishtirokidagi ikkinchi tadbir kuz faslida bo'lib o'tadi. O'FA va “Qirollik klubi” o'rtasidagi kelishuvga binoan keyingi master klass tadbirini vilotyalarda o'tkazish rejalashtirilgan.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика