31 daqiqada Messiga qarshi 3 marta fol ishlatishdi – bu borada ham Leo eng yaxshi
30 avg 2021 10:59
Yangiliklar
31 daqiqada Messiga qarshi 3 marta fol ishlatishdi – bu borada ham Leo eng yaxshi
Hujumchi Lionel Messi PSJ safida debyut uchrashuvini "Reyms"ga qarshi (2:0) o'tkazdi.
Argentinalik maydonga 66-daqiqada tushdi va 31 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt oralig'ida unga nisbatan uch marta qoida buzildi – butun o'yin davomida boshqa hech bir futbolchiga nisbatan 2 martadan ko'p qoida buzilmadi.
Messi "Reyms" darvozasiga birorta zarba bermadi, ammo 20 ta aniq uzatmani amalga oshirdi (umumiy – 21 ta pas, aniqlik – 95,2%).
Fikrlar