30 yoshli yaponiyalik "SHtutgart" bilan shartnoma imzoladi
27 iyu 2016 14:16
Yangiliklar
30 yoshli yaponiyalik "SHtutgart" bilan shartnoma imzoladi
Yaponiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xajime Xosogai "SHtutgart" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
"Gerta" futbolchisi hisoblangan Xosogai so'nggi mavsumni "Bursaspor"da o'tkazdi. 30 yoshli yaponiyalik bungacha Bundesliganing "Bayer" va "Augsburg" kabi jamoalarida o'ynashga ulgurgan.
"SHtutgart" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Germaniya chempionatining ikkinchi divizioniga tushib ketdi.
Xajime Xosogai Yaponiya terma jamoasida 30 ta uchrashuvda, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar