So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

3-turning, ikkita o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

3-turning, ikkita o'yinida imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy liganing yana ikkita tur o'yinlari bo'lib o'tadi, unda poytaxtning ikki vakilidan biri o'z maydonida, biri esa uncha uzoq bo'lmagan Yangierda raqibiga qarshi maydonga chiqadi.
So'g'diyona (Jizzax) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Yangierda oliy liga o'yinlari bo'lmaganiga, o-xoooo necha yillar bo'lib ketdi. Bir paytlar bu hududda kimlar to'p tepmagan deysiz. Mana bugun mahalliy muxlislar O'zbekiston milliy terma jamoasining aksar futbolchilari to'p tepadigan "Lokomotiv" hamda oliy ligada qolish uchun kurash olib borayotgan "So'g'diyona" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.



Turnir jadvaliga qarasa "Lokomotiv" jizzaxliklardan bor yo'g'i ikki ochkoga oldinda, lekin tajriba va saviya jihatidan bunday demagan bo'lardik. Bu o'yinda "Loko"ning g'alaba qozonish imkoniyati juda yuqori, faqatgina terma jamoadagi o'yin o'tkazgan futbolchilar maydonga tushmasalar kerak, ammo bu klub uchun muammo emas, jamoaning zaxira o'rindig'i ancha uzun. Aksincha "So'g'diyona"dagi muammolar bartaraf etilayotgani yo'q, aynan shu holat jamoaning o'yiniga jiddiy tasir o'tkazyapti. SHundan kelib chiqqan holda, bugungi o'yindagi imkoniyatlar "Lokomotiv"da ancha yaxshi, 60/40.

Imkoniyatlar: 40/60%


Paxtakor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar:
M. Muxamedov (Toshkent vil.), T. Gaynulin (Toshkent), S. SHoyusupov, (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

"Buxoro" o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinda g'alaba qozona olmagach, ko'pchilik Mochinovdan qoniqish hosil qilmayotganligini aytib o'tdi. Mochinov esa "men himoyaviy futbolni bilmayman, futbolni hujum qilib o'ynaydilar", deb takidladi. Agar u bugungi o'yinda ham shu falsafada maydonga tushsa jamoasiga juda qiyin bo'ladi. Odatda "Paxtakor" birinchi bo'limda gol ura olmasa, o'yinda rosa qiynaladi. Aksincha, o'yinning dastlabki 20 daqiqasi ichida gol ursa o'yinni yirik hisobga olib kelishi mumkin. "Paxtakor"ga qarshi bu himoya bilan ochiq futbol namoyish etish "Buxoro"ga qimmatga tushishi mumkin, yana ham buni o'yinda ko'ramiz.



"Paxtakor"dagi bugungi muammo ruhiyat bilan bog'liq. Jamoaning 5 nafar futbolchisi Bangladeshda bo'lib o'tgan turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, MTJda esa bir nafari yirik mag'lubiyat bilan ortga qaytdi. Kaxi Maxaradze esa Malta va Germaniya terma jamoalariga qarshi rostakam futbol o'ynab qaytdi. Jamoa jismoniy jihatdan to'liq kuchga ega emasligidan "Buxoro" foydalana oladimi yoki yo'q, buni bugun bilamiz.

Imkoniyatlar: 55/45%
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика