So’nggi yangiliklar

10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  1 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  18 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  15 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  12 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  38 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5

28 yilda ilk bor Evro homiysi o'zgardi. U "Makdonalds"dan ham mashhurmi?! Yangiliklar

28 yilda ilk bor Evro homiysi o'zgardi. U "Makdonalds"dan ham mashhurmi?!

UEFA homiylari tarkibida jiddiy o'zgarish – bo'lajak Evroda "Makdonalds"ni uchratmaymiz.

UEFA homiylari ixtisoslashuvi bo'yicha bir nechta toifaga bo'linadi. Yani aniqroq qilib aytadigan bo'lsak: bank sohasi, avtomobil, taom, sayohat uchun joy buyurtirish, to'lov tizimlari, neft-gaz sanoati va hokazo. Har turnirning turli homiylari mavjud – masalan, "Gazprom" CHempionlar Ligasi bilan faoliyat yuritadi, biroq terma jamoalar hamda Evropa Ligasi homiylari qatorida bu tashkilotni uchratmaysiz.

"Makdonalds" 1992 yildan buyon oziq-ovqat va etakazib berish xizmati bo'yicha homiy hisoblanadi. Amerikaliklar iloji boricha katta turnirlarda o'zlarini namoyish etishga urunadilar. Sababi oddiy: butun dunyoga mashhur bo'lish — 2017 yilgacha va XOQ bilan bog'liq janjalga qadar Olimpiadada bo'lgan "Mak" shuningdek, oxirgi jahon chempionatida ham namoyish etilgandi (FIFA bilan shartnomasi hali ham bor). Ammo UEFA bilan hamkorlikni uzaytirishni istashmadi.

Endilikda bu sohaning rasmiy hamkori – Takeaway.com. Ushbu xizmat tizimi ayniqsa Gollandiya va Belgiyada juda rivojlangan.

Sayt bundan roppa-rosa 20 yil avval Niderlandiyada ishga tushgan. Itse Groen, xo'jayin va bosh direktor, restoranlaradan biror taom buyurma qilsam bir qator muammolarga duch kelardim. Aynan shuning uchun muammoni hal qilish va sifatli xizmat ko'rsatish tizimini yaratishga qaror qildim. SHu tariqa "Takeaway" paydo bo'ldi. 2008 yilda bu xizmat turi Belgiya va Germaniya bozorlariga kirib bordi. Keyinchalik esa Avstriya, SHveycariya va Buyuk Britaniyada tarqaldi. Biroq hamma joyda ham uning ishlari o'ngidan kelmadi – Britaniyadagi filial atigi to'rt yil faolityat yuritdi, keyin esa sotib yuborildi. SHunga qaramay, sayt egalari o'z sohasini qitalararo tarqalishida davom etdilar.

Bugungi kunda Takeaway Evropaning 12 mamlakatida faoliyat yuritadi – ular orasida eng ommalashgan davlatlar albatta, Gollandiya va Belgiya. Ammo ularning Avstriya, Bolgariya, Germaniya, Lyuksemburg, Polsha, Portugaliya, Ruminiya va SHveycariya (shuningdek, Isroil)da vakolatxonalari mavjud.

"Takeaway" biror bir taom tayyorlamaydi – buyurtmangizni restoranlardan sizga etkazib beradi xolos. Qizig'i shundaki, navbatdagi Evro turniri o'yinlarida naqd 12 mezbon-mamlakat bo'ladi. Lekin tabiiyki, kompaniya butun dunyoga xizmat ko'rsata olmaydi. Masalan, Rossiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya, Ispaniya, Vengriya, Daniya, Ozarbayjon kabi davlatlarda "Takeaway" xizmati mavjud emas. Qisqaroq qilib aytadigan bo'lsak, xizmat turidan faqatgina Amsterdam, Myunxen hamda Buxarestda foydalanish mumkin.

Biroz g'alati qaror, to'g'rimi? Lekin tomonlar bu to'siq bo'lmasligiga ishonchlari komil. "Kompaniyamiz taqdim etayotgan xizmatlardan kelib chiqib, mamlakatdagi taniqli brendlardan birimiz deb baralla ayta olamiz, – takidlaydi Groen. – Evro-2020 bilan hamkorlik bizning imkoniyatlarimizni oshiradi va "Takeaway" Evropaning etakchi brendi sifatida rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Bu yanada ko'proq istemolchilarga ega bo'lishimiz uchun noyob imkoniyatdir".

"Takeaway" butunlay "Makdonalds" o'rnini egalladi – endilikda futbolchi bilan maydonga tushadigan bolalar va maskotlar Gollandiya kompaniyasi ramzi va logotipi tushurilgan futbolkalarda stadionga kirib boradilar.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика