24 yoshli darvozabon tanqidlar tufayli faoliyatini tugatdi
28 apr 2020 22:26
Yangiliklar


24 yoshli darvozabon tanqidlar tufayli faoliyatini tugatdi
Angliya yoshlar terma jamoasi sobiq darvozaboni Ted Smit 24 yoshida professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Gap shundaki, darvozabon ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga chiday olmagan.
"O'yindan keyin internetga kiraman va kommentlarni o'qiyman. 90 foiz holatda hech nima bo'lmaydi. Biroq men birgina xato qilsam, meni jamoaga loyiq emasligimni yozishadi.
Ushbu holatlarni deb men futboldan zavq olishni to'xtatdim. Har tomonlama harakat qilib ko'rdim, biroq qo'rquvni enga olmadim. Sport ruxshunosi bilan gaplashdim.
Umid qilamanki, odamlar ularning gaplari deb men o'z orzularimdan voz kechganimni tushunishadi", - dedi Smit.
Ted faoliyati davomida faqatgina "Sautend Yunayted" tarkibida o'ynagan. SHuningdek, u Angliyaning turli yoshdagi termalarida 9 o'yinda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar