24 yoshli darvozabon tanqidlar tufayli faoliyatini tugatdi

Mirjalol Normatov
28 apr 2020, 22:26
Angliya yoshlar terma jamoasi sobiq darvozaboni Ted Smit 24 yoshida professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Gap shundaki, darvozabon ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga chiday olmagan.

"O'yindan keyin internetga kiraman va kommentlarni o'qiyman. 90 foiz holatda hech nima bo'lmaydi. Biroq men birgina xato qilsam, meni jamoaga loyiq emasligimni yozishadi.

Ushbu holatlarni deb men futboldan zavq olishni to'xtatdim. Har tomonlama harakat qilib ko'rdim, biroq qo'rquvni enga olmadim. Sport ruxshunosi bilan gaplashdim.

Umid qilamanki, odamlar ularning gaplari deb men o'z orzularimdan voz kechganimni tushunishadi", - dedi Smit.

Ted faoliyati davomida faqatgina "Sautend Yunayted" tarkibida o'ynagan. Shuningdek, u Angliyaning turli yoshdagi termalarida 9 o'yinda qatnashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph