23 mart kuni U-19 chempionatiga qura tashlanadi
20 mar 2022 15:02
Yangiliklar


23 mart kuni U-19 chempionatiga qura tashlanadi
2022 yilgi mavsumda Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalari U-19 chempionatida ishtirok etishadi.
Musobaqa xuddi o'tgan mavsumda U-18 chempionatida bo'lgani kabi Superliga va Pro liga klublarining U-19 jamoalari uchun umumiy tarzda tashkil etiladi hamda bundan buyon 19 yoshlilar toifasida o'tkazib boriladi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida bir-biriga qarshi o'zaro bir martadan maydonga tushadi. CHempionatning uy-safar o'yinlari Berger tizimiga ko'ra tashlangan qura orqali aniqlanadi.
U-19 chempionatining 1-tur uchrashuvlari 5 aprel sanasidan start olishini inobatga olib, O'zPFL 23 mart kuni mazkur musobaqaga qura tashlash marosimini o'tkazadi. Qura soat 16:00 da start oladi va O'zPFLning Telegram va Youtube kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
O’xshash yangiliklar
18:36
Eron chempionati. "Fulad" yirik hisobda imkoniyatni boy berdi, O'tkir Yusupov 90 daqiqa o'ynadi 12
15:17
Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogiga qura tashlandi: BMB, "Oil Star" va SQB raqiblarini bilib oldi 0

Fikrlar