So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  126 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

"21-turda sensaciya ko'rmaymiz yoxud "Paxtakor" Andijondagi xatoni boshqa takrorlamaydi" - Mutaxassis fikri Yangiliklar

"21-turda sensaciya ko'rmaymiz yoxud "Paxtakor" Andijondagi xatoni boshqa takrorlamaydi" - Mutaxassis fikri

Ertadan Superliganing 21-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu turda muxlislarni bir-biridan qiziqarli to'qnashuvlar kutmoqda, desak yanglishmaymiz. Biz esa ertangi bahslar oldidan mutaxassis fikriga quloq tutishni lozim topdik. Bunda bizga tajribali murabbiy Jamshid Saidov ko'maklashadi. 

1.10.2021 

"Qo'qon-1912"  -  "Paxtakor" 16:00

- Superliganing 21-turini ushbu qarama-qarshilik boshlab beradi. Azaldan bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar shiddatliligi va murosasiz o'tadi. SHaxsiy fikrim, Qo'qonda "Paxtakor" g'alaba qozonadi. Poytaxt klubi chempionlikka yaqin, ayni paytda birinchi o'rinda ketmoqda. Ular Andijondagi xatoni boshqa takrorlamaydi. Maydon egalarida tarkib bilan bog'liq ayrim muammolar bor.

01.10.2021 

"Metallurg"  - "Lokomotiv" 18:15

- Birinchi davrada Toshkentda kechgan uchrashuvda bekobodliklarning qo'li baland kelgan edi. "Metallurg" "Andijon" bilan o'yinni hisobga olmaganda, so'nggi sakkizta turni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. Mazkur bellashuvda "Lokomotiv"ning qo'li baland kelishi mumkin. 

02.10.2021 

"Mashal"  -  "Nasaf" 15:30

- Oxirgi o'yinlarda ko'rayotgan bo'lsangiz "Mashal" yaxshi va tartibli o'yin namoyish qilmoqda. "Nasaf" esa raqib darvozasiga 5-6tadan gol uryapti. Menimcha kichik ustunlik "Nasaf"da. Qarshiliklar yirik bo'lmagan g'alaba qayd etadi. 

"Andijon"  -  "So'g'diyona" 15:45

- "So'g'diyona" oxirgi turda "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi. Oldingi turda safarda durangga imzo chekdi.  "Andijon" esa o'z muxlislari qarshisida to'p tepadi. Mehmonlarga bu safar biroz qiyin bo'ladi-yov. Imkoniyatlar teng, 50/50. 

"Bunyodkor"  -  AGMK 18:00 

- O'zingiz ham ko'rdingiz, "Bunyodkor" 20-turda "Nasaf"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. O'ylaymanki, murabbiylar va futbolchilar bundan to'g'ri xulosa chiqarishgan. Boz ustiga "Bunyodkor" o'z maydonida harakat qiladi. AGMK ham yaxshi o'ynamoqda. Kuchli jamoa hisoblanadi. Bu uchrashuvda ham imkoniyatlar 50/50.

03.10.2021 

"Surxon"  -  "Navbahor" 16:00 

- Termizliklar safida yaxshi  futbolchilar jamlangan bo'lsada, qanday o'yin o'xshasa shunday o'ynaymoqda. "Navbahor" Samvel Babayan kelgach taktik jihatdan o'zgara oldi. Ushbu bahsda "lochinlar" so'zsiz g'alabani o'ziniki qiladi. 

"Qizilqum"  -  "Turon" 18:15

- Turning oxirgi uchrashuviga ham etib keldik. "Qizilqum" uyda hujumkor o'yin ko'rsatadi. SHuni inobatga olgan holda mezbonlarda uch ochkoni qo'lga kiritishi ehtimoli bor. "Turon" ham yomon jamoa emas. Qaerdadir omad etishmayapti. Nazarimda bu turda sensaciya ko'rmaymiz. Bular shunchaki taxmin va shaxsiy fikrlar. Hammasini maydonda ko'ramiz. 


Coca-Cola Superliga. 21-tur uchrashuvlari rasmiylari

21-turda qanday natijalar kutyapsiz?

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика