So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

2025 yilda bizni kutayotgan musobaqalar Yangiliklar

2025 yilda bizni kutayotgan musobaqalar

Mana, yangi yilni ham boshlab oldik.

Yangi yil bilan birga futbolimizga yangi mavsum ham kirib kelmoqda.

O'zbek futboli muxlislarining yangi mavsumdan umidi katta. Quyida 2025 yilda bizni kutayotgan xalqaro musobaqalar haqida to'xtalamiz.

2025 yil Ayollar o'rtasidagi futzal Osiyo chempionati saralash bilan boshlanadi. Saralash o'yinlari 3ta guruhda olib boriladi. Biz joy olgan guruh o'yinlariga Toshkent mezbonlik qiladi hamda barcha uchrashuvlar Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tadi. Ayni payt O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasiga Farrux Zokirov murabbiylik qilmoqda.

Musobaqa formatiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Ayollar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati 7-18 may kunlari Xitoyda o'tkaziladi. Saralash o'yinlari taqvimi quyidagicha:

13 yanvar. 15:00. Filippin - O'zbekiston

15 yanvar. 18:00. O'zbekiston - Quvayt

17 yanvar. 18:00. Avstraliya - O'zbekiston

19 yanvar. 18:00. O'zbekiston - Turkmaniston


U-20 Osiyo chempionati

Navbatdagi U-20 Osiyo chempionati 12 fevral - 1 mart kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Farhod Nishonov shogirdlari C guruhida o'z o'yinlarini o'tkazadi.

U-20 Osiyo chempionatida 16ta terma jamoa qatnashadi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, kuchli to'rtlikka kirgan jamoalar CHilida bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'l oladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining guruh o'yinlari taqvimi quyidagicha:

13 fevral. O'zbekiston - Yaman

16 fevral. Indoneziya - O'zbekiston

19 fevral. O'zbekiston - Eron


JCH-2026 saralash bosqichi

Albatta, eng asosiy etiborimiz mart va iyun oylarida bo'lib o'tadigan JCH saralash bahslariga qaratiladi. Mart oyida o'z maydonimizda Qirg'izistonni qabul qilib, so'ngra Eronga safar qilamiz. Oxirgi ikkita turni esa iyunda o'tkazamiz. Turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turganimiz hamda buyog'iga 4ta uchrashuv qolganini hisobga olsak, Jahon chempionatiga borish uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz.

7-tur. 20 mart. O'zbekiston - Qirg'iziston

8-tur. 25 mart. Eron - O'zbekiston

9-tur. 5 iyun. BAA - O'zbekiston

10-tur. 10 iyun. O'zbekiston - Qatar


U-17 Osiyo chempionati

SHu yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida navbatdagi U-17 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bu musobaqada ham 16ta terma jamoa ishtirok etadi va U-20 Osiyo chempionatidan farqli o'laroq bunda 8ta jamoa U-17 Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. 

Mazkur musobaqaga o'smirlar terma jamoamizni Islom Ismoilov tayyorlamoqda. Hozircha guruhlar aniq emas. Qura tashlash marosimi 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Hozircha shunisi aniqki, qura jarayonida O'zbekiston mezbon Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan birgalikda 1-savatchadan joy oladi.


Elit OCHL va OCHL 2

Bu yil "Nasaf" mamlakat chempioni sifatida ilk bor Osiyo Elit chempionlar ligasida o'ynaydi. SHuningdek, O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan "Andijon" o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida ishtirok etadi. Har ikkala musobaqaning guruh o'yinlari sentyabr oyida start oladi.


U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi

1-9 sentyabr kunlari U-23 Osiyo chempionatiga saralash uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Hozircha saralash qay tartibda va qaerda bo'lib o'tishi haqida to'liq malumot berilmagan. SHunisi aniqki, navbatdagi U-23 Osiyo chempionati 2026 yilning 7-25 yanvar oralig'ida Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash

2026 yil Indoneziyada futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bu musobaqa 11-22 fevral oralig'ida o'tkaziladi. SHu yilning 15-26 oktyabr kunlari esa futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bahslari tashkil etiladi. Hozircha saralash qaerda va qay tartibda o'tkazilishi aniq emas.


X.Xoliqov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика