So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  5 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  6 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  48 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0

2023 yilgi mavsum erta boshlanadi. Yozgi chillada futbol o'ynalmaydi Yangiliklar

2023 yilgi mavsum erta boshlanadi. Yozgi chillada futbol o'ynalmaydi

Teglar :  O'zPFL Ijroqo'mi
O'zPFL Ijroqo'mi 2023 yilgi mavsum yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

"Sir emaski, global isish oqibatida yozgi vaqtlarda futbol uchrashuvlarini tashkil qilishda muammolar mavjud. Issiq ob-havo futbolchilarning jismoniy holatiga ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. Buning oldini olish maqsadida O'zPFL qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 2021 yildan boshlab Superliga klublari ishtirokidagi o'yinlar yoz oyida 20:00 dan erta boshlanmaydigan bo'ldi. 2023 yildan boshlab Pro ligada ham bu amaliyot qo'llaniladi va etarli darajada yoritish tizimi mavjud bo'lmagan stadionlarga nisbatan cheklov o'rnatiladi.

Biz shu bilan cheklanib qolmaymiz. Boisi OFK ham musobaqalar o'tkazishda qator o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, CHempionlar ligasi turniri kuz-bahor mavsumiga o'tish arafasida. Biroq O'zbekistondagi ob-havo sharoiti va ayniqsa qish faslida stadionlarimizdagi holat bizga birdaniga keskin qaror qabul qilish imkonini bermaydi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL Ijroqo'mi asosiy masala sifatida yozning chillasida futbol uchrashuvlarini o'tkazmaslik masalasini muhokama qildi. Rejaga ko'ra, 2023 yildan boshlab musobaqalar 25 iyun hamda 5 avgust oralig'ida o'tkazilmaydi. Yo'qotilgan kunlar esa fevral hamda dekabr oylaridagi kunlar orqali kompensaciya qilinadi. Aniqroq aytganda, 2023 yilgi mavsum fevralning ikkinchi qismidan boshlab start oladi va u dekabrning ilk dekadasini qamrab olgani holda yakunlanadi. Mazkur holatda 40 kun yozda hamda 60 kun qishda futbol uchrashuvlari o'tkazilmaydi. Odatda O'zbekiston futbol klublari 30 kun yozda hamda 90 kun qishda musobaqalarda ishtirok etmasdi. Bu esa futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi masalasiga ham salbiy tasir ko'rsatadi. O'zPFL musobaqalarsiz kunlar sonini kamaytirish, musobaqalar davomida o'yinlar-ketligi va kunlar oralig'ini optimallashtirishni maqsad qilgan. Zero Angliya, Ispaniya, Italiya kabi mamlakatlarda musobaqalarsiz kunlar soni nisbatan kamroq. Biz esa boshlanishiga Liga kubogi musobaqasi orqali, keyinchalik Superligada jamoalar sonini 16 taga etkazish orqali uchrashuvlar sonini bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirdik.

2023 yilgi mavsumni 15 fevraldan keyinoq boshlash masalasini O'zPFL o'z Ijroqo'miga 1 ta taklif va 2 ta sabab bilan tushuntirdi. Taklif sifatida 2022 yilgi mavsumni ertaroq — 21 noyabrga qadar yakunlash masalasi berildi. Sabab sifatida esa “Nasaf” futbol klubining CHempionlar ligasidagi ishtiroki hamda O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki ko'rsatildi.

“Nasaf” CHempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tdi. Endilikda qarshiliklar pley-off uchrashuvlarini 4 fevraldan boshlashga majbur. Bu esa boshlanishiga klubga noqulaylik tug'diradi. Qolaversa, “Nasaf” va qolgan jamoalarning mavsumga tayyorgarlik rejasi ham bir-biridan keskin farq qilmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yani, “Nasaf” qolgan jamoalardan kamida ikki hafta ertaroq yurishga majbur. Agar chempionat mart oyida start olsa, mazkur farq salkam 1 oygacha oshib ketishi hamda jamoalar orasida nomutanosiblik paydo bo'lishi ehtimoli mavjud.

SHuningdek, O'zPFL 2023 yilgi taqvimni shakllantirishda milliy termaning Osiyo kubogidagi ishtirokini ham inobatga olishga majbur. Osiyo kubogi 16 iyundan etiboran start oladi. “Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament”dan kelib chiqib, Srechko Katanec qita chempionatigacha 14 kun vaqt qolganida futbolchilarni yig'inga jalb qilishga haqli. SHundan kelib chiqsak, milliy termaga nisbatan ko'proq futbolchi etkazib berayotgan klublarda 31 maydan keyin rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish borasida muammo yuzaga keladi. Mana shu jihatni inobatga olib, O'zPFL musobaqaning birinchi bosqichini 15 fevral — 31 may oralig'iga rejalashtirdi. Milliy termalar yig'in boshlagan vaqtda esa Liga kubogi musobaqasiga start berish ko'zda tutildi. SHundan kelib chiqib, O'zbekiston Professional futbol ligasi nafaqat o'zimizning, balki qo'shni respublikalar termalarining ham Osiyo kubogida ishtirok etishini tilaydi. Zero bu bizga Liga kubogi musobaqasi masalasida yakdil qaror qabul qilishda qulaylik taqdim etishi mumkin", —  deyiladi xabarda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика