So’nggi yangiliklar

00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0

2023 yilda Pro ligada 5-o'rinni olgan klub ham Superligaga chiqishi mumkin. Qanday qilib? Yangiliklar

2023 yilda Pro ligada 5-o'rinni olgan klub ham Superligaga chiqishi mumkin. Qanday qilib?

Teglar :  Pro liga
2021 hamda 2022 yilgi mavsum Pro ligada 10 ta klub kurash olib bordi. 2023 yilga kelib licenziyalash talablari asosida qatnashchilar soni 11 taga etkazildi.

Futbol klublari o'zining aniq rejasi asosida ishlashda davom etsa, 2024 yilga kelib Pro liga talabini bajara oladigan klublar soni yana ham oshishi mumkin.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 7-bobida Pro liga formati haqida tushuntirish berilgan. Unga ko'ra, 11 ta jamoaning har biri 10 ta uy va 10 ta safar o'yinida — jami 22 ta turda ishtirok etadi. SHunga ko'ra dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritgan klublar Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. 11-o'rinni band qilgan klub Pro liga bilan xayrlashadi. Pro liga va Birinchi liga o'rtasidagi holat endilikda to'liq licenziyalash natijalari asosida tartibga solinishidan kelib chiqib, har ikki liga o'rtasida o'tish o'yini o'tkazilmaydi.

Liga Superliganing so'nggi yo'llanmasi uchun o'tish o'yini tashkil qilib kelmoqda. Bunda Pro ligada ishtirok etgan jamoa hamda Superliga vakili o'rtasidagi tafovut nisbatan kamroq bo'lishi inobatga olinib, o'tish o'yiniga bir necha yildan buyon Pro liga jamoasining stadioni mezbonlik qiladi. 2023-yilgi mavsum yakunida ham bu anana davom etadi.

Endilikda o'tish o'yinida ishtirok etish uchun Pro liganing uchinchi jamoasi bo'lishning o'ziga kifoya emas. Liga musobaqada 5-o'rin uchun ham jiddiy kurash kechishini taminlash maqsadida Pro liganing beshinchi jamoasiga ham imkoniyat taqdim etishga qaror qildi. Unga ko'ra, Pro liga mavsumi yakunida 3-4-5 o'rinlarni qo'lga kiritgan uch klub poytaxt Toshkentda markazlashgan pley-off o'yinlarida ishtirok etadi. Uning birinchisida 4 hamda 5-o'rinni egallagan jamoalar o'zaro maydonga tushadi. Mazkur bellashuv g'olibi uch kundan keyin Pro liganing uchinchisi jamoasiga qarshi saf tortadi. Pley-offning har ikki o'yinida ham g'olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoniyati bo'lmasa, navbat qo'shimcha daqiqalarsiz penaltilar seriyasiga beriladi. Pley-off g'olibi yakunda Superliganing 12-jamoasini o'z uyida kechadigan o'tish o'yinida qabul qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика