So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

2020 yil O'zbekiston klublariga OCHLda 1+2 kvotasi beriladi Yangiliklar

2020 yil O'zbekiston klublariga OCHLda 1+2 kvotasi beriladi

Teglar :  KvotaOCHL-2019OFK
Afsuski ikkita klubimiz ham 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida qolib ketdi.

Bu ham etmaganidek klublarimiz etarlicha ochko to'play olishmagani tufayli O'zbekiston uchun OCHL kvotalari 1+2dan 1+1ga kamayadigan bo'ldi.

Biroq ko'pchilik bu kvotalar keyingi, 2020 yildan amal qiladi deb o'ylamoqda. Aslida OFK 2018 yilda navbatdagi ikki yil uchun kvotalarni elon qilgan. O'shanda O'zbekistonga 2019 va 2020 yillar uchun 1+2ta o'rin ajratilgan edi. Demak, keyingi yil ham bizdan uchta klub OCHLda ishtirok eta oladi. 2019 yilgi chempion to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichiga yo'l olsa, O'zbekiston Kubogi sohibi va Superligada ikkinchi o'rin egasi pley-offda qatnashadi. Agar chempionlik ham, Kubok ham bir klubga nasib qilsa u holda chempionatda uchinchi o'rinni olgan klubda imkoniyat paydo bo'ladi. Xuddi shunday vaziyat Superligada ikkinchi bo'lgan klub mamlakat kubogini qo'lga kiritgan taqdirda ham ro'y beradi.

Xo'sh, unda 1+1 kvotasi qachon bizga beriladi?

Yuqorida aytganimizdek OFK 1+2 kvotani ikki yilga bergan. Demak, 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda o'zbek klublariga OCHLda 1+1 beriladi. Bunda mamlakat chempioni guruhda o'ynaydi, kubok sohibi pley-offda qatnashadi. Ikkala sovrinni bir klub qo'lga kiritgan taqdirdagina Superligada ikkinchi bo'lgan jamoamiz pley-offda o'ynaydi. Yani keyingi ikki yilda O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni olgan klub hech qanaqasiga xalqaro musobaqada ishtirok eta olmaydi.

Nimaga OFK ikki yildan keyingi musobaqa uchun kvotani bu yil taqsimlaydi? Sababi O'zbekistonda chempionat kuzda tugaydi, arab davlatlarida esa yozga yaqin tugaydi. Bu yilgi kvotalar keyingi yildan amal qiladigan bo'lsa arab chempionatlarida kim qaysi o'rindan OCHLga chiqishini bilmay qoladi. SHu bois OFK 2021 yilgi mavsum uchun kvotalar sonini shu yil so'nggida rasman elon qiladi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика