So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

2019 yilning eng yaxshilari - SHahboz Beg'amov versiyasi Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshilari - SHahboz Beg'amov versiyasi

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov 2019 yilning eng yaxshilari borasida o'z versiyasini taqdim etdi.

O'zimni versiyam bo'yicha 2019 yilning eng yaxshilari o'nligi:

1. Superliganing eng yaxshi futbolchisi — Dragan CHeran ("Paxtakor")
2. Yilning eng yaxshi murabbiyi — SHota Arveladze ("Paxtakor")
3. O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi — Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya)
4. Yilning eng yaxshi darvozaboni — O'tkir Yusupov ("Navbahor")
5. Yilning eng chiroyli goli — Dragan CHeran ("Buxoro" darvozasiga)
6. Eng yaxshi yoshlar murabbiyi — Otajon Avezov ("Mashal" akademiya)
7. Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")
8. Yilning eng yaxshi matbuot xizmati — "Paxtakor"
9. Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti — Madina Ametova ("Sport" kanali muxbiri)
10. Yilning eng yaxshi o'zbek futboli mutaxassisi — Sanjar Rizaev (OFK komissari, xodimi)


Birinchi laureat bo'yicha ortiqcha etiroz bo'lmasa kerak.

Ikkinchi nomzod bo'yicha esa, dastlab mamlakatda birgina eng yaxshi murabbiy tanlanadi. SHota Arveladze O'zbekistonda ishladi va zo'r natija qayd etdi. So'zsiz yilning eng yaxshi koachi. Superligada undan keyingi pog'onada qolgan boshqa mutaxassislar ramziy jamoada ham, O'zbekistonda ham alohida zo'r bo'lishlari absurd, fikrimcha. Har holda mantiq ishlashi kerak.

SHomurodov bo'yicha ortiqcha gap yoki izohga hojat yo'q.

To'rtinchi belgilagan laureat ko'pchilikni esidan chiqqandir. Lekin eng yaxshi darvozabon taqdirlash marosimida unut bo'lishi uchun bilmadim. SHaxsiy fikrimcha, mavsumni bir tekis barqaror o'tkazgan O'tkir Yusupov bu nomga qolganlardan ko'ra munosibroq. "Paxtakor"da Suyunov jarohati bilan o'tkazib yuborgan davr hamda Quvvatovning bazi ko'rsatkichlari Yusupovga raqobat tug'dirishga to'sqinlik qildi. Mitrovich esa "So'g'diyona" yaxshi turgani bilan Yusupovga nisbatan barqarorlik etishmadi menimcha.

Eng chiroyli gol borasida raqobat zo'r bo'ldi. CHeranning gollariga Draganning o'zi kiritgan boshqa gollari ham raqobat tug'dirishga loyiq. Andreev, Qosimovning burchak zarbasidan urgan gollari ham go'zal. Biroq nozik did bilan ijro etilgan mazkur gol nafisroq chiqqan, chamamda.

Eng yaxshi yoshlar murabbiyi deganda avvalo yoshlar bilan ishlaydigan chin manodagi yoshlar murabbiylari tushuniladi. Bu nominaciyada jamoa bosh murabbiyini qo'yish mantiqan noto'g'ri. SHu bois o'zbek futboliga iqtidorlar fabrikasini tekis ishlashiga katta hissa qo'shayotgan "Mashal" akademiyasidagi faoliyati orqali, xususan Eldor SHomurodovni futbolda voyaga etkazgan mutaxassis sifatida Otabek Avezov etirofga ko'proq loyiq va munosibroq.

Ettinchi, yani eng yaxshi yosh futbolchi borasida Jaloliddinov varianti maqul.

Klublarda matbuot xizmati degan bo'lim borki, aksariyat rahbarlar bu xizmatni yoddan chiqaradi. Yil davomida, to'g'ri, professional va barqaror, chin manoda yaxshi ishlagan "Paxtakor" matbuot xizmati o'tgan yilgi kabi bu safar ham esdan chiqarildi. Eng yaxshi bo'lishga so'zsiz loyiq va munosib.

Futbol jurnalisti haqida gap ketganda ikkilanmay "Sport" kanalida ko'rinmaydigan, asosan kamera ortida ishlaydigan, lekin hech bir sport tadbirini o'tkazib yubormaydigan, har qanday jamoalar, turli yoshdagi terma jamoalar faoliyatini ham charchamay beminnat yoritib kelayotgan Madina Ametovani etirof etgan bo'lardim. Ishi nisbatan ko'rinmasligi mumkin, lekin aksariyat jurnalistlardan nafi ko'proq tegayotgan Ametova fikrimcha eng yaxshilar qatorida bo'lishga munosib.

Bu nominaciya g'alati eshitilishi mumkin. Lekin o'zbek futbol mutaxassislari ichida tobora o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lib borayotgan, joriy yil faoliyatida yangi bosqichga qadam qo'ygan Sanjar Rizaevni etirof etaman. Menimcha, loyiq.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика