2018 yilgi jahon chempioni "Tigres"ni tark etdi
24 jan 2023 13:00
Yangiliklar
2018 yilgi jahon chempioni "Tigres"ni tark etdi
Yarim himoyachi Florian Toven Meksika klubidan ketdi, deya xabar berdi "Tigres" matbuot xizmati.
"Florianga biz bilan birga o'tkazgan bir yarim yili, mehnatsevarligi va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Florianga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", – deyiladi jamoa bayonotida.
JCH-2018 g'olibi bo'lgan 29 yoshli franciyalik futbolchi "Tigres" safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar