2018 yilda eng ko'p gol urgan shovvozlar
19 mar 2018 19:36
Yangiliklar
2018 yilda eng ko'p gol urgan shovvozlar
Dam olish kunlari Evropa Top-5 chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ayni paytda 2018 yilning o'zida eng ko'p gol urish borasida "Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu yakka peshqadamlik qilmoqda. Kecha tunda "Jirona" darvozasiga 4ta gol urgan portugaliyalik joriy yildagi gollari sonini 18taga etkazib oldi. Undan keyingi pog'onada "Atletiko" etakchisi Antuan Grizmann - 12 gol. "Barselona" hujumchisi Luis Suares va "Liverpul" etakchisi Muhammad Salah esa 11tadan gol bilan uchinchi o'rinni bo'lishib turishibdi.
2018 yilda eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1. Krishtianu Ronaldu - 18ta gol
2. Antuan Grizmann - 12ta
3. Luis Suares/Muhammad Salah - 11tadan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar