So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

2016 vs 2017 yoxud "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi yil chempion! Yangiliklar

2016 vs 2017 yoxud "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi yil chempion!

Oliy liga tugashiga bir tur qolganida "Lokomotiv" bu mavsum ham O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoaning chempion bo'lishida 67 ochko kifoya qildi.

SHu tariqa "Lokomotiv" o'z tarixida qatorasiga ikkinchi bor chempionlikni nishonladi. Albatta, mavsum tugashiga hali bitta tur bor, shu bois "Loko" uchun oxirgi tur ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. CHunki jamoa o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Qizig'i shundaki, "Lokomotiv" o'tgan yil ham muddatidan oldin chempionlikni nishonlagandi va oxirgi turda aynan "Bunyodkor" bilan o'ynagandi. Jamoa chempion bo'lganiga qaramay, "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Bu safar o'yin qanday tugashini esa vaqt ko'rsatadi.

Albatta, "Loko" oxirgi turda ham g'alaba uchun maydonga tushishi turgan gap, negaki jamoa chempionlikni o'z stadionida, muxlislari qarshisida nishonlashni xohlaydi. Ana endi o'tgan yil va bu yilni solishtirib, bazi raqamlarni keltirib o'tsak.

"Loko" o'tgan yil 30ta o'yinning 23tasida zafar quchib, besh bor durang o'ynagan, shuningdek ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgandi. Jamoa jami 74 ochko to'plagandi. "Temiryo'lchilar"ning ikkita mag'lubiyati safarda "Paxtakor" va "Buxoro" bilan uchrashuvlarda ro'y bergan. Ikkala bahs ham bir xil 1:2 hisobida yakun topgan.

Lekin bu yil jamoa o'tgan yilgi raqamlarni takrorlay olmadi. CHunki "Loko" oxirgi uchrashuvni yutgan taqdirda ham ochkolari soni 70ta bo'lib qoladi, bu esa o'tgan yilgidan to'rtta kam. Jamoa avvalgi mavsumda 77ta gol urgan bo'lsa, bu yilgi ko'rsatkich 64 bo'lib turibdi.

"Lokomotiv" o'tgan yil o'z maydonidagi uchrashuvlarda mag'lub bo'lmagandi. Lekin bu mavsum jamoa "Paxtakor"ga yutqazib qo'ydi. SHuningdek, "Loko" safarda uch bor mag'lub bo'ldi: "SHo'rtan", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublariga. Qizig'i shundaki, "Loko" yutqazgan o'yinlarida birortayam to'p kirita olmadi.

Qaysi "Lokomotiv" kuchli? O'tgan yilgimi yo bu yilgimi? Bu savolga birdaniga javob berish qiyin. CHunki jamoa qanday holatda bo'lmasin, baribir chempionlikni qo'lga kiritdi. Futbolda esa g'oliblar muhokama qilinmaydi degan gap bor. Ammo Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokdan kelib chiqadigan bo'lsak, o'tgan yilgi jamoa ancha kuchli edi. CHunki o'tgan yil "Loko" qiyin guruhdan chiqish bilan birga chorak finalga qadar etib kelgandi. Bu yil esa jamoa guruhdan chiqa olmadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, "Lokomotiv" - 2017 yilgi futbol mavsumi bo'yicha O'zbekiston chempioni! Biz saytimiz nomidan ushbu yutuq bilan barcha "Lokomotivchilar"ni, "O'zbekiston Temir yo'llari" AJ xodimlarini, shuningdek, klubning ashaddiy muxlislarini tabriklab qolamiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика