So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

2015 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish jarayoni boshlandi Yangiliklar

2015 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish jarayoni boshlandi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo'yicha Respublika bo'ylab so'rovnoma boshlanganligi haqida elon qiladi.

2015 yilgi so'rovnomaning yanada xolisligini taminlash maqsadida unda jurnalistlarning mustaqil ravishda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi cheklanadi. Ovoz berish jarayonida tahririyatlar ishtirok etadi.

So'rovnomada O'zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari ovoz beradilar. Mustaqil jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlarining ovozlari yakunda mustaqil jurnalistlar guruhi ostida birlashtiriladi va bitta ovoz sifatida so'rovnomada qatnashadi. Futbol klublari va terma jamoalarning matbuot xizmatlari ovozi ham yagona “Matbuot xizmatlari” guruhi ostida birlashtirilib, yagona ovoz sifatida so'rovnomada ishtirok etadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominaciya hisoblanib) umumiy ballar yig'indisiga qarab aniqlanadi.

Har bir tahririyat 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga qo'yib chiqadi. Ikkala nominaciya bo'yicha ham 3 ta qator to'ldirilishi shart.

Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi:

1-o'rin uchun – 3 ball

2-o'rin uchun – 2 ball

3-o'rin uchun – 1 ball

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ovoz berayotgan tahririyat to'rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak:

1. Yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi yutuqlari

2. Istedod, iqtidor va Fair Play.

3. Karera

4. SHaxsiyati va uning boshqalarga tasiri

Ovoz berilayotgan murabbiy yoki futbolchi O'zbekiston futboliga dahldor bo'lishi kerak. O'zbekiston oliy ligasida o'ynaydigan o'zbekistonlik bo'lmagan xorijlik legionerlar so'rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Tahririyat o'z ovozini rasmiy maktub bilan O'FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga, shuningdek faks orqali jo'natishlari lozim. Ovoz berish 18 dekabrdan ochiq va 2016 yilning 10 yanvar kuni soat 09:00 da to'xtatiladi.

Ovozlar quyidagi manzilga jo'natiladi:

Manzil: O'zbekiston shoh ko'chasi 98 A uy

Faks: +99871 - 244-16-83. Email: media@the-uff.com

Toshkent 100011

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика