So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  0 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Leo Messi 2015 yilda 10 nafar bo'lajak futbol yulduzini sanagandi. Ular hozir qaerda? Yangiliklar

Leo Messi 2015 yilda 10 nafar bo'lajak futbol yulduzini sanagandi. Ular hozir qaerda?

2015 yilda Adidas Leo Messidan dunyoning eng istiqbolli o'n nafar futbolchisini tanlashni so'radi. Bu yigitlar hozir qaerda o'ynayotganini hamda argentinalik futbolchining bashorati qanchalik to'g'ri ekanini tekshirish vaqti keldi.

Akkursio Bentivenya, 25 yosh

2015 yilda u "Palermo"da istiqboli bor istedod egasi edi, ammo yakunda u jamoa tarkibida bor-yo'g'i 7 ta o'yin o'tkazdi — keyin esa ijaraga sayohatga chiqdi. U hozirda C Seriyaning "Yuve Stabiya" klubida hujumchi sifatida o'ynaydi. Akkursio boshqa "Yuventus"ni orzu qilgan bo'lsa kerak.


Jeremi Boga, 25 yosh

"CHelsi" azosi va sport saytlaridagi eng kulgili sarlavhalarning bosh qahramoni. U Londonda qolmadi, lekin "Sassuolo"da o'zini alo darajada ko'rsatdi va hozir "Atalanta"ga ko'chib o'tish arafasida turibdi. Futbolchi Gasperini qo'l ostida super yulduzga aylanishiga ishonamiz.


Maksvell Korne, 25 yosh

Taxminlardan so'ng, Korne "Lion"ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi, klubda olti yil o'ynadi va keyin Kot-d'Ivuar terma jamoasiga chaqirildi. U o'tgan yozda "Byornli"ga 15 million evro evaziga ko'chib o'tdi.


Kenedi, 25 yosh

2015 yildan beri futbolchi "CHelsi"ga tegishli, hatto asosiy jamoada bir qancha o'yinlarda ishtirok etgan (2016/17 yilgi mavsumda Premer-ligada g'olib chiqqan), lekin asosan ijarama-ijara sayohat qilmoqda, hozirda u vatani Braziliyaning "Flamengo" sharafini himoya qilmoqda. 


Roni Lopesh, 26 yosh

Portugaliyalik yarim himoyachi ham Kenediga o'xshab hech qaerda o'z o'rnini topa olmadi. U ham ko'plab klublarda o'ynagan, "Sevilya"ga tegishli futbolchi hozirda "Olimpiakos"da ijara asosida to'p suradi. 2018 yilda u Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun Portugaliya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatiga kiritildi, ammo yakunda u ushbu turnirda ishtirok etish baxtiga muyassar bo'la olmadi.


Aleksey Miranchuk, 26 yosh

Bu futbolchi haqida "Atalanta"dagi o'yinlari orqali malumotga ega bo'lsangiz kerak. Evro-2020 da ishtirok etgan rossiyalik futbolchi "Jenoa"ga o'tish arafasida turibdi.


Kayri SHelton, 28 yosh

Hujumchi MLSda "Nyu-York Siti" sharafini himoya qiladi, uning Evropaga safari (Paderborn) muvaffaqiyatsiz yakunlandi hamda u AQSHga qaytdi. 28 yoshida u yangi cho'qqiga chiqishi dargumon, shu bois Messi taxmini bu futbolchida o'z isbotini topmadi.


Jeyms Uilson, 26 yosh


"Manchester Yunayted" muxlislari uning 2014 yilgi debyutidagi dublini eslab chiqarishmagan bo'lsa kerak. Uilson uzoq vaqtdan beri klubning umidi hisoblanardi, ammo afsuski, u yuqori saviyadagi o'yin namoyish eta olmadi, hozirda futbolchi "Port-Veyl"da to'p suradi.


Timo Verner, 25 yosh

Leo ushbu ro'yxatdagi eng taniqli futbolchi. U asosiy tarkib futbolchilaridan biri sifatida "CHelsi"ga CHempionlar ligasida g'alaba qozonishiga yordam berdi, ammo uning Angliyadagi faoliyati notekis ruhda davom etmoqda, uning bazi gollaridan ko'ra ko'proq memlari mashhurroq.


Gyasi Zardes, 30 yosh

U MLSning mahalliy yulduziga aylandi va AQSH terma jamoasiga yo'l oldi, ammo uni mamlakat tashqarisida juda kam odam taniydi. Albatta, uninig faoliyati muvaffaqiyatsiz kechmadi, lekin Messi ko'proq umid qilgani aniq.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика