So’nggi yangiliklar

12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  0 11:57Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи  0 11:31ОФК келаси U-17 Осиё чемпионатлари мезбонини маълум қилди  7 11:10“Реал“ Трентни клублар ўртасидаги ЖЧда иштироки учун “Ливерпул“га қанча пул таклиф қилгани маълум  3 11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  11 10:45“Арсенал“ футболчиси фаолиятини Бразилияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  1 10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  1 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  3 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  3 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  16 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  11 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  4

2015 yilda bizni kutayotgan muhim musobaqalar Yangiliklar

2015 yilda bizni kutayotgan muhim musobaqalar

Mana, 2015 yilni ham boshlab oldik. 10 yanvardan biz uchun rasman futbol mavsumi start oladi.
SHu kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvni KXDRga qarshi o'tkazadi.

Quyida yangi boshlanajak futbol mavsumida bizni kutib turgan muhim musobaqalarni keltirib o'tamiz.



OSIYO KUBOGI
SHubhasiz, Osiyo Kubogi biz uchun nihoyatda kerakli musobaqa hisoblanadi. Terma jamoamizning o'yinlari orqali o'zbek futbolining hozirgi darajasiga baho berish imkoniga ega bo'lamiz. Vakillarimiz Avstraliyaga jo'nab ketishidan oldin bosh murabbiy va uch nafar futbolchimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov biz guruhdagi hech bir jamoadan kuchsiz emasligimizni va turnirga borishdan maqsad sovrinli o'rinlar uchun kurashishni aytib o'tdi. SHunday ekan, bu musobaqani hammamiz katta qiziqish bilan birgalikda kuzatamiz. Nasib qilsa, saytimizning uch nafar xodimi voqea joyidan turib issiq malumotlarni Sizlarga etkazib turishadi.  



OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI
Fevraldan klublar o'rtasidagi eng muhim turnirga start beriladi. Bu - Osiyo chempionlar ligasi. Bizdan uchta jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh o'yinlarida ishtirok etadi (“Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf”), “Bunyodkor” esa o'z omadini pley-offda sinab ko'radi. Agar “Bunyodkor” BAAning “Al Jazira” klubi to'sig'idan o'ta olsa, to'rtinchi klub sifatida guruh o'yinlariga qo'shiladi. Bahor oylarida yurtimizga “Al Hilol” (S.Arabistoni), “Fulad” (Eron), “Al Ayn” (BAA), “Al SHabab” (S.Arabistoni), “Al Ahli” (BAA) kabi nomdor klublar tashrif buyuradi va ularga qarshi bahslar qiziqarli kechishi kutilmoqda. Eng muhimi esa OCHLda o'ynaydigan O'zbekiston jamoalaridan hammamizning umidimiz katta.



U-23 OSIYO CHEMPIONATI SARALASHI
SHuhrat Maqsudov boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi qita birinchiligi saralash bahslarida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa 23-31 mart kunlari Bangladeshda o'tkaziladi. Vakillarimiz guruhda Suriya, Hindiston va Bangladeshga qarshi maydonga tushishadi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tsak, kelasi yil Qatarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga boramiz. Ushbu Osiyo chempionati esa bizga Rio olimpiadasiga yo'llanma berishi mumkin.



YOSHLAR O'RTASIDA JCH
Ravshan Haydarov bosh murabbiylik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi. Ushbu musobaqa 30 may - 20 iyun oralig'ida bo'lib o'tadi. Jahon chempionatiga 10 fevral kuni qura tashlanadi. Musobaqaga 1995-96 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz borishadi.



ICHKI MUSOBAQALAR
Albatta, xalqaro turnirlar kabi o'zimizning ichki musobaqalar ham biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu yoqda oliy va birinchi liga, Kubok o'yinlari kutib turibdi. SHuningdek, fevralda bo'lib o'tadigan ananaviy PFL Kubogini aytmaysizmi! (Albatta, bu hazil). Yakuniga etgan mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan “Paxtakor” ushbu sovrinni o'zida saqlab qola oladimi? Qatorasiga ikki yildan beri chempionlikka juda jiddiy harakat qilayotgan “Lokomotiv” uchun joriy mavsum qanday kechadi? O'z tarixida birinchi bor sovrinlarsiz qolgan “Bunyodkor”ning bu yilgi maqsadlari qanday? Oliy ligada qoldirilgan “Andijon” bilan “So'g'diyona” nima karomat ko'rsata oladi? Birinchi ligadan chiqqan “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912” elitada qaysi o'rinlar uchun kurashadi? Birinchi liganing tartibi qanday bo'ladi? Oliy liga chiquvchi yangi davogar paydo bo'ladimi? Ichki musobaqalarni kuzata turib mana shu kabi savollarga javob olsak ajab emas.



Lekin baribir biz uchun eng muhim musobaqa bu - har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan Osiyo Kubogi hisoblanadi. CHunki bunda Vatanimiz milliy terma jamoasi ishtirok etadi. O'ylaymizki, bosh jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarib, muxlislarga xush kayfiyat ulasha oladi. Ana undan keyin hammasi iziga tushib ketsa ajab emas.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика