2014 yilgi JCH g'olibi Grosskroyc faoliyatini yakunladi
25 jan 2021 10:20
Yangiliklar


2014 yilgi JCH g'olibi Grosskroyc faoliyatini yakunladi
2014 yilda Germaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo'lgan Kevin Grosskroyc faoliyatiga yakun yasadi.
Yarim himoyachi 32 yoshida futboldan ketishga qaror qildi. Grosskroycning so'nggi klubi uchinchi nemis divizionida ishtirok etadigan "Yurdingen 05" bo'lgan edi va jamoani 2020 yilning oktyabrida tark etgan edi.
Germaniya terma jamoasi libosida 6ta o'yinda maydonga tushgan Kevinning oldingi klubi "Darmshtadt" bo'lgan edi, bunga qadar esa "SHtutgart" klubi sharafini himoya qilgan.
Qayd etish kerakki, Grosskroyc "Borussiya" (Dortmund) safida 236ta o'yinda maydonga tushgan va shu jamoa safidagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshiroq tanish.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar