2014 yilgi mavsum sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi
13 mar 2014 15:48
Yangiliklar

2014 yilgi mavsum sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi
O'zPFL rahbariyati Oliy Liga-2014 sovrindorlari, O'zbekiston Kubogi-2014 sohibi, shuningdek, O'zbekiston Birinchiligi-2014 g'oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risida qaror qabul qildi.
Qarorga ko'ra, 2014 yilgi O'zbekiston chempioni 500 million so'm mukofot puli egasiga aylanadi. Vice-chempionga 300 million, uchinchi o'rin sohibiga esa 200 million so'm topshiriladi.
2014 yilgi O'zbekiston Kubogi bahslari g'olibiga 200 million so'm mukofot puli beriladi. O'zbekiston Birinchiligi bahslari yakuniga ko'ra, Oliy Liga-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritgan ikki klub esa 150 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Mavsum sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi tegishli to'ldirishlar 2014 yilgi musobaqalar Reglamentiga kiritilgan.
Qayd etish joiz, O'zPFL mavsumning eng kuchli klublarini mukofotlash amaliyotini 2013 yili boshlagan edi. Xususan, o'tgan mavsum oltin dublni rasmiylashtirgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi O'zbekiston chempioni sifatida 100 million, O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida 50 million so'mni qo'lga kiritgan edi.

Fikrlar