So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

2014 yilda jahon futbolida yuz bergan muhim voqealar Yangiliklar

2014 yilda jahon futbolida yuz bergan muhim voqealar

2014 yil ham o'z nihoyasiga etib bormoqda. Bu yilda biz qanday o'yinlar, musobaqalar va voqealarga guvoh bo'ldik.
Yakunlanayotgan yilda dunyo futbol olamida ro'y bergan voqealarni yana bir bor esga olamiz.

Yanvar:

Yangi yilning ilk futbol bayrami - "Oltin to'p"ni topshirish tadbiri hisoblanadi. 2013 yil yakunlariga ko'ra Ronaldu Messi va Riberini ortda qoldirib yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.


Teo Uolkott "Tottenxem"ga qarshi APL uchrashuvida ikki golga mualliflik qiladi va 10 oyga safdan chiqadi.


Eysebio (1942-2014) yanvar oyida vafot etadi. U o'zining professional futbol faoliyati davomida 790ta gol kiritib, futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri hisoblanadi.


Fevral:

"Liverpul" 5 - 1 "Arsenal"

Raxim Sterling, Martin SHkrtel va Deniel Starrij "Arsenal"ni juda qattiq jazolaydi. "Qizillar" o'sha paytda Premer-liga chempionligi uchun harakat qilishayotgan edi.


Ispaniyalik mashhur futbolchi va murabbiy Luis Aragones (1938-2014) shu yilning qishida olamdan o'tadi. Ispaniya terma jamoasining chempionlik startini Aragones Evro-2008da boshlab bergan edi.


Mart:

"CHelsi" 6 - 0 "Arsenal".

"Arsenal" yana yirik mag'lubiyatga uchraydi. Bu safar "to'pchilar"ni "CHelsi" "sochib" tashlaydi.


MYU 3 - 0 "Olimpiakos" (birinchi o'yin 0:2)

CHempionlar ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvida "Manchester Yunayted"ni Robin Gud (Robin van Persi) qutqarib qoldi. Uning 3ta goli keyingi bosqich yo'llanmasi uchun etarli bo'ladi.


Aprel:

"Real" 3 - 4 "Barselona"

Bu "El-Klassiko"ni futbol muxlislari unutmagan bo'lsa kerak. SHiddatli kechgan bu uchrashuvdagi 7ta gol ishqibozlarga futboldan rohat olish imkoniyatini bergan.


"Liverpul" 0 - 2 "CHelsi"

Aynan mana shu o'yinda "Livepul" Angliya chempioni bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy beradi. Jerrardning kutilmaganda yiqilib tushishi klub uchun qimmatga tushadi.


Tito Vilanova (1968-2014) kasallik tufayli olamdan o'tadi. U Pep Gvardiolaning do'sti hamkasbi edi. Bu ikki mutaxassis "Barselona"ni dunyodagi eng kuchli klubga aylantirgan.


May:

"Atletiko" 1 - 4 "Real".

"Atletiko"ga CHempionlar ligasi g'olibi bo'lish uchun 15 soniya etishmadi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda Serxio Ramos hisobni tenglashtiradi va uyog'i nima bo'lganini o'zingiz bilasiz...


Iyun-Iyul:

To'rt yillikning eng muhim hisoblanadigan jahon chempionatiga bu safar Braziliya mezbonlik qildi. Bu turnirda mezbonlar yirik mag'lubiyatga uchradi (Braziliya 1 - 7 Germaniya), Luis Suares yana bir bor raqibga hamla qildi, yil o'zgartirishi ro'y berdi (Silessen-Krul), Neymar og'ir jarohat oldi va nemislar g'alaba qozondi. Kurashlarga va gollarga boy, dramatik kechgan mundial uchrashuvlaridan so'ng Germaniya terma jamoasi jahon chempioniga aylandi.


Avgust:

Avgust oyida yilning eng shov-shuvli transferlari amalga oshdi (Diego Kosta ("CHelsi"), Anxel di Mariya ("Manchester Yunayted"), Xames Rodriges ("Real"), Luis Suares ("Barselona").


Ronaldu UEFA talqiniga ko'ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Sentyabr:

"Real" 3 - 1 "Barselona"

Luis Suares diskvalifikaciyadan qaytganidan so'ng, o'zining "Barselona"dagi ilk o'yinida mag'lub bo'ldi. Madridliklar mehmonlarga Primeroda kim xo'jayinligini ko'rsatib qo'yishdi.


Oktyabr: 

"Roma" 1 - 7 "Bavariya"

Yana bir nemischa "mushakbozlik". Bu safar nemis mashinasining "Bavariya"si "Roma"ni "turtib" ketdi.


Noyabr:

Lionel Messi Ispaniya futboli va ECHL tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.


"Manchester Siti" 3 - 2 "Bavariya"

Aguero "Bavariya"ga qarshi o'yinda mo'jiza ko'rsatdi. U Noyer darvozasiga 3ta gol urib, o'z jamoasining g'alabasini to'liq taminladi.


Dekabr:

"Nyukasl" 2 - 1 "CHelsi"

"CHelsi"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga "Nyukasl" nuqta qo'ydi.


Terri Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi va "Skysports"ning mutaxassisiga aylandi. Endi Anri tarixdagi eng ko'p maosh oladigan sharhlovchi (yiliga 4 mln funt). 


"Real" Marokashda o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchdi. Finalda madridliklar Argentinaning "San Lorenco" klubini mag'lub etishdi - 2:0.


2014 yilning eng muhim voqealari VIDEO

 


Jasur Aslanov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика