2011 yilgi Amerika Kubogi chempioni ilk jamoasiga qaytdi
12 dek 2023 11:29
Yangiliklar


2011 yilgi Amerika Kubogi chempioni ilk jamoasiga qaytdi
Nikolas Lodeyro "Nasonal" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Urugvay terma jamoasi tarkibida 2011 yilgi Amerika Kubogi chempioni Nikolas Lodeyro jonajon jamoasi "Nasonal"ga qaytadi, deb xabar berdi "Mística Uruguaya".
"O'g'lim meni "Nasonal" futbolkasida ko'rishini xohlayman", – dedi Lodeyro transfer haqida.
34 yoshli yarim himoyachi yadrdon klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Nikolas Lodeyro oxirgi etti yarim mavsum davomida MLS'ning "Sietl Saunders" jamoasida o'ynadi. Urugvay terma jamoasi tarkibida 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlari hamda 2011, 2015 va 2019 yilgi Amerika Kubogi musobaqalarida ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar