So’nggi yangiliklar

20:35U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  47 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

2004 yilgi Evropa chempionatida olingan "gapiradigan" suratlar Yangiliklar

2004 yilgi Evropa chempionatida olingan "gapiradigan" suratlar

2004 yil Portugaliyada o'tgan Evropa chempionatini atigi 6 ta rasm orqali yodga olamiz.

 Dastlabki ikki turda Ispaniya va Portugaliyaga yutqazgan Rossiya oxirgi turda Greciyaga qarshi o'ynagan. Ruslarda keyingi bosqchiga chiqish imkoniyati qolmagandi, ammo uchrashuvning 68-daqiqasida Dmitriy Kirichenko gol urdi va bu Evropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'di.



2002 yilgi Jahon chempionati finalchisi Germaniya terma jamoasi 2004 yilgi Evropa chempionatida guruh bosqichi ilk turida Niderlandiya bilan (1:1), 2-turida esa musobaqa debyutanti Latviya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Oxirgi turda CHexiyadan 1:2 hisobida yutqazgan nemislar sensacion tarzda musobaqani tark etgandi.



Evropa chempionati "C" guruhida Italiya terma jamoasi dastlab Daniya (0:0), so'ngra SHveciya (1:1) bilan durang o'ynadi. Oxirgi turda Daniya va SHveciya 2:2 hisobida durang o'ynashsa Italiya Bolgariyani qanday hisobda mag'lub etsa ham Appenin yarim oroli jamoasi uyiga qaytishiga to'g'ri kelardi. Yakunda Italiya 2:1 hisobida g'olib bo'ldi, Daniya va SHveciya o'rtasidagi bahs esa ... aynan 2:2 hisobida tugadi. Italiya Skandinaviya kelishuvi qurboni bo'ldi va uyiga qaytdi.



Musobaqa chorak finalida Portugaliya va Angliya to'qnash kelishgan. Asosiy va qo'shimcha taymlarda durang qayd etilgan - 2:2. Penaltilar seriyasida portugaliyalik darvozabon Rikardo qahramonlik ko'rsatgan. U qo'lpoqlarini echib tashlagan va Dariush Vasselning zarbasini qaytarishga erishgan. Oxirgi zarbani o'zi aniq ijro etgan va Portugaliyani yarim finalga olib chiqqandi.




Greciya - CHexiya o'rtasidagi yarim finalda barcha chexlarni favorit hisoblagandi. Ammo 105-daqiqada greklar burchak to'pini amalga oshirishgan va Trayanos Dellas boshi bilan Petr CHex darvozasini ishg'ol qilgan. O'sha paytda kumush gol qoidasi amalda bo'lgan. Bu degani qaysidir jamoa qo'shimcha taymda gol ursa, o'yin o'sha taym oxirigacha bo'lardi. Dellasning goli esa aynan birinchi qo'shimcha taymning oxirida urilgani uchun bahs o'sha soniyada tugagan. Greciya - finalda!



2004 yilning 4 iyul sanasi. Lissabon shahridagi "Da Luj" stadioni. Evropa chempionati finali. Mezbon Portugaliya musobaqa sensaciyasi Gerciyaga qarshi. Finalda ham Greciyaning imkoniyati past baholangandi, ammo 57-daqiqada Otto Rexagel boshchiligidagi greklar hujumchisi Angelos Xaristeas burchak to'pidan keyin gol uradi va shu gol bahsda yagona bo'lib qolgandi. Greciya - CHEMPION!



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика