2004 yilgi Yevropa chempionatida olingan "gapiradigan" suratlar

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2024
2004 yil Portugaliyada o'tgan Yevropa chempionatini atigi 6 ta rasm orqali yodga olamiz.

 Dastlabki ikki turda Ispaniya va Portugaliyaga yutqazgan Rossiya oxirgi turda Gretsiyaga qarshi o'ynagan. Ruslarda keyingi bosqchiga chiqish imkoniyati qolmagandi, ammo uchrashuvning 68-daqiqasida Dmitriy Kirichenko gol urdi va bu Yevropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'di.



2002 yilgi Jahon chempionati finalchisi Germaniya terma jamoasi 2004 yilgi Yevropa chempionatida guruh bosqichi ilk turida Niderlandiya bilan (1:1), 2-turida esa musobaqa debyutanti Latviya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Oxirgi turda Chexiyadan 1:2 hisobida yutqazgan nemislar sensacion tarzda musobaqani tark etgandi.



Yevropa chempionati "C" guruhida Italiya terma jamoasi dastlab Daniya (0:0), so'ngra Shvetsiya (1:1) bilan durang o'ynadi. Oxirgi turda Daniya va Shvetsiya 2:2 hisobida durang o'ynashsa Italiya Bolgariyani qanday hisobda mag'lub etsa ham Appenin yarim oroli jamoasi uyiga qaytishiga to'g'ri kelardi. Yakunda Italiya 2:1 hisobida g'olib bo'ldi, Daniya va Shvetsiya o'rtasidagi bahs esa ... aynan 2:2 hisobida tugadi. Italiya Skandinaviya kelishuvi qurboni bo'ldi va uyiga qaytdi.



Musobaqa chorak finalida Portugaliya va Angliya to'qnash kelishgan. Asosiy va qo'shimcha taymlarda durang qayd etilgan - 2:2. Penaltilar seriyasida portugaliyalik darvozabon Rikardo qahramonlik ko'rsatgan. U qo'lpoqlarini echib tashlagan va Dariush Vasselning zarbasini qaytarishga erishgan. Oxirgi zarbani o'zi aniq ijro etgan va Portugaliyani yarim finalga olib chiqqandi.




Gretsiya - Chexiya o'rtasidagi yarim finalda barcha chexlarni favorit hisoblagandi. Ammo 105-daqiqada greklar burchak to'pini amalga oshirishgan va Trayanos Dellas boshi bilan Petr Chex darvozasini ishg'ol qilgan. O'sha paytda kumush gol qoidasi amalda bo'lgan. Bu degani qaysidir jamoa qo'shimcha taymda gol ursa, o'yin o'sha taym oxirigacha bo'lardi. Dellasning goli esa aynan birinchi qo'shimcha taymning oxirida urilgani uchun bahs o'sha soniyada tugagan. Gretsiya - finalda!



2004 yilning 4 iyul sanasi. Lissabon shahridagi "Da Luj" stadioni. Yevropa chempionati finali. Mezbon Portugaliya musobaqa sensaciyasi Gerciyaga qarshi. Finalda ham Gretsiyaning imkoniyati past baholangandi, ammo 57-daqiqada Otto Rexagel boshchiligidagi greklar hujumchisi Angelos Xaristeas burchak to'pidan keyin gol uradi va shu gol bahsda yagona bo'lib qolgandi. Gretsiya - CHEMPION!




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia