So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  1 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  4 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  91 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

2000 yildan keyin MYUning eng yaxshi yosh futbolchilari: ular hozir qaerda? Yangiliklar

2000 yildan keyin MYUning eng yaxshi yosh futbolchilari: ular hozir qaerda?

Teglar :  Manchester Yunayted
Yilning eng yaxshi yoshlarini eslaymiz.

"Manchester Yunayted" har doimo'zi tarbiyalagan futbolchilarga katta etibor qaratgan. O'z vaqtida "Basbi bolalari", "92 yilgi avlod" tarkibida hech bo'lmasa Markus Reshford kabi vunderkind bir futbolchi ro'yxatdan o'rin olardi.

"Yunayted"ning akademiyasi juda yaxshi ishlaydi, jamoadagilar Angliyaning yoshlar kubogida 10dan ortiq sovrin qo'lga kiritgan.

Har yili "qizil iblislar" rahbariyati yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlashadi, bu sovrin 1989 yili vaqot etgan Jimmi Merfining sharafiga tasis etilgan. Merfi Mett Basbining yordamchisi bo'lib ishlagan va u Bobbi CHarlton, Dankan Edvards kabi afsonaviy futbolchilarni shug'ullantirgan.

Jamoaning ko'plab bo'lajak yulduzlari Jimmi Merfi sovrinini qo'lga kiritgan: Rayan Giggz, Pol Skoulz, Fil Nevill va Ues Braun. Bu tendenciya XXI asrda ham davom etadi.

Keling, 2000 yildan keyin Jimmi Merfi sovrinini qo'lga kiritgan futbolchilarga nazar solamiz.

1999-2000: Boyan Jorjich

Yoshi: 36
Poziciyasi: chap qanot vingeri
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 1
Faoliyati: "Brommapoykarna", "SHeffild Uendsdey" (ijara), "Orxus" (ijara), "Crvena Zvezda" (ijara), "Glazgo Reynjers", "Plimut Argayl", "AIK", "Viedoton", "Blekpul", "Antverpen", "Brommapoykarna", "Vasalund", "CHennayin"

SHveciya yoshlar termasining sobiq futbolchisi "Old Trafford"da 6 mavsum o'tkazdi, biroq asosiy jamoa bilan 1 o'yinda qatnashdi. U o'zining eng yaxshi davrini 2005-2007 yilda "Plimut" tarkibida o'tkazgan.

2000-01: Alan Teyt



Yoshi: 35
Poziciyasi: markaziy himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 0
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Antverpen" (ijara), "Suonsi", "Lids" (ijara), "Yovil Taun" (ijara), "Aberdin" (ijara), "Kryu" (ijara), "Port Talbot Taun"

Teyt biror marta ham "Yunayted"ning asosiy tarkibi bilan uchrashuvlarda qatnashmagan, biroq 11 yil o'ynab, "Suonsi"ning afsonaviy futbolchisiga aylandi. U o'tgan mavsumda Uels jamoasi tarkibini tark etdi va Uelsning boshqa bir klubiga borib qo'shildi - "Port Talbot Taun".

2001-02: Pol Tirni

Yoshi: 35
Poziciyasi: chap qanot himoyachisi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 1
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Kryu" (ijara), "Kolchester Yunayted" (ijara), "Bredford Siti" (ijara), "Livingston", "Blekpul", "Oltrinchem", "Ist Kilbrayd", "Glazgo BSK"

Tirni 2003 yilda Angliya liga kubogi doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda qilgandi. 2009 yilda "Oltrinchem"dan ketganidan keyin u besh yilni futboldan tashqarida o'tkazdi va yaqinda SHotlandiyaning quyi divizioni jamoasi azosiga aylandi.

2002-03: Ben Kollett

Yoshi: 33
Poziciyasi: o'ng qanot yarim himoyachisi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 1
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Nyu Ziland Nayts", "AGOVV Apeldorn"

Ser Aleks Fergyuson Kollettni yuqori saviyali futbolchi deb atagandi. Biroq jarohatidan keyin uning faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. 2003 yilda u yoshlar jamoasi tarkibida qattiq jarohatlandi. U 2007 yilda Yangi Zelandiya va Gollandiya jamoalarida faoliyatini qayta boshlashga urinib ko'rganidan keyin jarohat olgani sababli 4,5 mln evro kompensaciya pulini ishlab oldi.

2003-04: Jonatan Spektor

Yoshi: 31
Poziciyasi: o'ng qanot himoyachisi/markaziy yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 7
Faoliyati: "CHikago Fayr", "CHarlton Atletik" (ijara), "Vest Xem", "Birmingem", "Orlando Siti"

Jamoa Spektor bilan AQSHning U-17 termasidagi yorqin o'yinlari sababli shartnoma imzoladi. Biroq u "Yunayted"ning asosiy tarkibiga kira olmadi va 2007 yilda jamoani tark etdi. Keyinchalik Angliyaning ikki katta ligasida munosib o'yinlarni namoyish etdi. Ayni damda u "Orlando Siti" jamoasi tarkibida o'ynamoqda.

2004-05: Juzeppe Rossi

Yoshi: 31
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 14
Faoliyati: "Parma", "Manchester Yunayted", "Nyukasl" (ijara), "Parma" (ijara), "Vilyarreal", "Fiorentina", "Levante" (ijara), "Selta" (ijara), "Jenoa"

Rossi "Yunayted"ning asosiy jamoasi bilan 14 uchrashuvda qatnashib, 4 gol kiritdi. Biroq uning yo'lini Runi, Ronaldu va Van Nistelroy to'sib qoldi. Forvard o'z qobiliyatini "Vilyarreal" tarkibida ko'rsata oldi, biroq tizzasidan olgan ketma ket jarohatlar uning yuqori saviyada o'ynashiga to'sqinlik qildi. Ayni damda u "Jenoa" tarkibida o'ynamoqda.

2005-06: Darron Gibson

Yoshi: 30
Poziciyasi: markaziy yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 60
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Antverpen" (ijara), "Vulverxempton" (ijara), "Everton", "Sanderlend"

Gibson asosiy jamoa tarkibida 2008/09 yilgi mavsumda ko'rinish bera boshladi. 2012 yilda u "Everton"ga borib qo'shildi va tezda jarohat oldi. 2017 yilda u Devid Moyes boshchiligida "Sanderlend"da o'ynadi. O'sha jamoa bilan 30 o'yinda qatnashib, gol kirita olmadi.

2006-07: Kreyg Katkart

Yoshi: 29
Poziciyasi: markaziy yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 0
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Antverpen" (ijara), "Plimut Argayl" (ijara), "Blekpul", "Uotford"

Katkart 2007 yilda "Yunayted"da debyut qilishga yaqin turgandi, biroq u jarohat oldi va mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi. Ayni damda u "Uotford"ning asosiy futbolchisi va muntazam ravishda o'yinlarda maydonga tushmoqda.

2007-08: Denni Uelbek

Yoshi: 27
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 142
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Preston" (ijara), "Sanderlend" (ijara), "Arsenal"

Yosh hujumchi "Stok Siti" darvozasiga mo'jizakor gol kiritganidan keyin etiborga tushdi. Uelbek "Sanderlend"da katta tajriba to'pladi va Fergyussonning muhim figurasiga aylandi. 2014 yilda u "Arsenal"ga borib qo'shildi. "Kanonir"lar tarkibida 95 uchrashuvda 22 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

2008-09: Federiko Makeda

Yoshi: 26
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 36
Faoliyati: "Lacio", "Manchester Yunayted", "Sampdoriya" (ijara), KPR (ijara), "SHtutgart" (ijara), "Donkaster Rovers" (ijara), "Birmingem" (ijara), "Kardiff Siti", "Nottingem Forrest" (ijara), "Novara"

2008/09 yilgi mavsumda Makeda "Aston Villa"ga qarshi principial uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikki gol kiritib, g'alabani taqdim etgandi. O'shanda "Yunayted" brilliant topgandek ko'ringandi. Biroq hujumchi jamoa tarkibida muqim o'ynab keta olmadi, u hozirda Italiyaning V Seriyasi jamoasi tarkibida o'ynamoqda.

2009-10: Uill Kin

Yoshi: 25
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 3
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Uigan" (ijara), KPR (ijara), "SHeffild Uensdey" (ijara), "Preston" (ijara), "Xall Siti"

U-18 jamoasi tarkibida u 26 o'yinda 13 gol kiritdi, 2011 yilda esa asosiy jamoa bilan ilk uchrashuvini o'tkazdi. Undan keyin futbolchi jamoa bilan ikki uchrashuv o'tkazdi va 2016 yilda "Xall Siti" tarkibiga borib qo'shildi.

2010-11: Rayan Tannikliff

Yoshi: 24
Poziciyasi: markaziy yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 2
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Piterboro" (ijara), "Ipsvich" (ijara), "Fulxem", "Blekbern" (ijara), "Uigan" (ijara),"Miluoll"

Tannikliff "Yunayted"ning yoshlar jamoasi muhim futbolchilaridan biri bo'ldi, u Pol Pogba va Ravel Morrisson kabi o'yin ko'rsatardi. U ikki marta Liga kubogi doirasida asosiy jamoa bilan o'yinda qatnashdi, 2014 yilda esa "Fulxem"ga borib qo'shildi. Ayni damda Tannikliff "Miluoll" jamoasida o'ynamoqda.

2011-12: Mats Meller Deli

Yoshi: 22
Poziciyasi: hujumkor yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 0
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Myolde", "Kardiff Siti", "Frayburg", "Sankt-Pauli" (ijara)

Norvegiyalik iqtidorli futbolchi 2013 yilda jamoani tark etgan va Ole Gunnar Selsher bilan birgalikda Myoldega borgan. Ikkisi ham keyinchalik "Kardiff Siti"ga ketdi, biroq jamoa APLni tark etganidan keyin ikkovlon Germaniyaga yo'l oldi. Deli hozirda "Sankt-Pauli" jamoasi futbolchisi, biroq transfer huquqi "Frayburg"ga tegishli.

2012-13: Ben Pirson

Yoshi: 23
Poziciyasi: markaziy yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 0
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Barnsli" (ijara), "Preston"

2013 yilda Pirson Adnan Yanuzay bilan birgalikda sovringa davogarlik qilishdi. Biroq iqtidorli futbolchi asosiy tarkibga jalb etilmadi. "Barnsli"dagi yaxshi mavsumdan keyin u 2016 yilda "Preston"ga borib qo'shildi, u erda 48 uchrashuvda maydonga tushdi.

2013-14: Jeyms Uilson

Yoshi: 22
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 20
Faoliyati: "Manchester Yunayted", "Brayton" (ijara), "Derbi Kaunti" (ijara), "SHeffild Yunayted" (ijara)

Uning professional faoliyatidagi debyuti ertakona bo'ldi: "Xall Siti" bilan uchrashuvda dubl. O'shanda uni Rayan Giggz maydonga tushirgandi. 2015/16 yilgi mavsumning katta qismini u "Brayton" tarkibida ijarada o'tkazdi, keyinchalik "Derbi Kaunti"ga yo'l oldi. Jeyms tizzasidan olgan jiddiy jarohati sababli faoliyatini yakunlashi ham mumkin edi. Ayni damda u "SHeffild Yunayted" tarkibida ijarada o'ynamoqda. Transfer huquqi esa hali ham MYUga tegishli.

2014-15: Aksel Tuanzebe

Yoshi: 20
Poziciyasi: markaziy himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 8
Faoliyati: «Manchester Yunayted», «Aston Villa» (ijara)

Joze Mourino MYU boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin Aksel haqida shunday degandi: "U asosiy jamoada o'ynashi mumkin bo'lgan akademiya futbolchisi".

Yosh futbolchi 2016 yilda "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda debyutini o'tkazdi. Mavsum yakunlanganidan keyin "Aston Villa"ga ijaraga berib yuborildi.

2015-16: Markus Reshford

Yoshi: 20
Poziciyasi: hujumchi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 109
Faoliyati: "Manchester Yunayted"

"Yunayted" vunderkindi. U 2016 yilning fevralida Evropa ligasi doirasida "Midtyulland"ga qarshi uchrashuvda debyut qildi va dubl qayd etdi. U jonajon jamoasi uchun 29 gol kiritishga ulgurdi.

2016-17: Eynjel Gomes

Yoshi: 17
Poziciyasi: yarim himoyachi
"Yunayted" uchun o'yinlari soni: 2
Faoliyati: "Manchester Yunayted"

Gomes 13 yoshligida "Mancheter Yunayted"ga borgandi va 2015/16 yilgi mavsumda yoshlar jamoasida aqlbovar qilmas natijalar qayd etdi: 19 o'yinda 12 gol va 6 assistentlik.

Londonlik yigitcha 15 yosh, 11 oy va 29 kunligida akademiya jamoasi tarkibida xet-trik qayd etdi.

Nani - uning cho'qintirgan otasidir.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика