So’nggi yangiliklar

23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   0 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  2 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  1 22:53АПЛ старт олмоқда! "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" баҳси асосий таркиблари маълум  5 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  2 22:32Вадим Абрамов: "Бизнинг пенальти нега бекор қилинганига тушунмадим"  4 22:25Суперлига. "Қизилқум" - "Насаф" 0:1, Бозоровдан супергол!  0 22:16Шерзод Эсанов: "Катта режаларим бор, уларни босқичма-босқич амалга ошираман"  7 22:03Суперлига. "Насаф" 70 дақиқа бир киши кам бўлиб "меҳмон"да "Қизилқум"ни мағлуб этди. Бозоровдан эса супер гол  93 21:34"Пахтакор"нинг Элит Чемпионлар Лигасидаги ўйинлар тақвими маълум қилинди  6 21:25Суперлига. "Динамо" - ОКМК 3:2, Ҳалилов сўнги сонияда ҳимоячининг оёқлари орасидан гол урди  5 21:15Эрон. "Истиқлол" учун мавсум бошланди, Машарипов асосий таркибда  0 21:09Ўзбекистон футзал термасининг Португалияга қарши баҳс учун таркиби эълон қилинди  1 20:41Эрон. "Фулад"нинг таркиби эълон қилинди, Ўткир Юсупов янги жамоасида дебют қиладими?  7 20:33Жалолиддин Машарипов: "Ўзимнинг собиқ жамоаларимга қарши ўйнайдиган бўлдим"  9

20 yildan so'ng, Allaniyozov olgan medalni Alimov ham qo'lga kirita oladimi? Yangiliklar

20 yildan so'ng, Allaniyozov olgan medalni Alimov ham qo'lga kirita oladimi?

Mashg'ulotlar yakunidan keyin Navro'z Alimovni o'yinga oid fikrini, aniqrog'i musobaqaga o'zini qanchalik tayyorligini so'radim.
Boisi, u bugun nafaqat bu yoshlar terma jamoasida, balki MTJning ham nazariga tushayotgan hujumchilarimizdan biri. Faoliyatini chekka hududlarda o'tkazayotganligi bois, juda kamtar. Og'zidan bir gapni olish uchun ancha vaqt sarflaysiz. Navro'zga fikr bildirishdan, bitta o'yinda ikkita gol urish osonroq. U bilan “Qizilqum”da ishlab yurgan paytim tanishgan edim. Bu futbolchi haqida hozir ko'chpilik qiziqib qolgan. Malumot sifatida shuni keltirib o'tishim mumkinki, uni Aleksey Evstafeevning tavsiyasi bilan Ravshan Haydarov “Qizilqum”ga jalb etgan. Nukuslik futbolchi faoliyatini “Orol”da boshlagan edi. Afsuski bu jamoaning moliyaviy holati juda ham qoniqarsiz. Aks holda Nukusda ko'plab istedodli futbolchilar chiqishgan bo'lar edi.

“O'zim o'yinga 100% tayyorman. Ertaga murabbiyimiz SHuhrat akaning tug'ilgan kunlari. Ularga sovg'a tayyorlashni niyat qilganmiz. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, bu borada O'FFga rahmat aytishimiz mumkin. Bir qator o'yinlarda ishtirok etdik, maqsadimiz, tabiyki chempion bo'lish", - deydi Navro'z Alimov.

Buni qarangki, 1994 yili O'zbekiston terma jamoasi safida Berdax Allaniyozov ham bo'lgan. Bu posbon ham Qoraqalpog'iston vakili edi. Oradan 20 yil o'tib tarkibimizda Nukusdan futbolchi o'rin oldi. O'xshashliklar etarlicha, endi medalni ham o'xshatishimiz kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика