So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

2-liga. "Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

2-liga. "Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Kecha Toshkent shahar chempionatining 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Birinchi turdagi g'alabadan keyin mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan «Bunyodkor» kecha g'alabaga juda yaqin kelgan edi. «Young Boys»ga qarshi o'yinda darvozalarga 4ta gol kiritildi. Jamoalar bo'limlarda bittadan gol urishdi. Avvaliga mehmonlar penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, tanaffus arafasida vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi. Tanaffusdan so'ng Qahramon Abduqodirov shogirdlari mehmonlar darvozasini ikkinchi marta ham ishg'ol qildi. Biroq mag'lubiyatni g'alabaga aylantirgan futbolchilarimizga hisobni ushlab qolish nasib qilmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar ikkinchi golni kiritib, «Bunyodkor»ni ikki ochkodan mahrum qildi.

TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI. 5-TUR
«BUNYODKOR» - «YOUNG BOYS» - 2:2 (1:1)
29 aprel. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 35 tomoshabin.
Bosh hakam:
Farrux Yo'ldoshev.
Qanot hakamlari: Aleksandra Konchikova, Kristina Borisova.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
«Bunyodkor»: Mahmudxon Odilxonov, SHamsiddin Amirtemurov, Ilhom Ubaydullaev, Asadxo'ja Qoraxo'jaev (A.Ahmedov, 66), Obid Tolipov, SHerdor To'xtasinov, Javohir Abduqodirov (Elxan Ahmedov, 58), Sardor Turg'unboev, Javlon Anvarjonov, Anvar Mamatov (I.Zoirov, 78), M.Bahodirov.
«Young Boys»: Aleksandr Borovikov (Ixtiyor Baxtiyorov, 62), Alizat Urazov, Jahongir Ikromov (Nizom Sultonov, 66), G'anisher Burxonov, Oybek Mahmudov, Islom Foziljonov (Fazliddin Razzoqov, 79), Nodir Sadullaev, Behzod Ahatov, SHahboz Yoqubjonov, Baxtiyor Yangiboev, Jamshid Abdullaev.
Gollar: SHahboz Yoqubjonov, 17-penaltidan – 0:1. M.Bahodirov, 30 – 1:1. Anvar Mamatov, 55 – 2:1. Nodir Sadullaev, 90+3 – 2:2.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика