19 yoshli Xoland ECHLda Drogbaning rekordini yangiladi
24 okt 2019 09:25
Yangiliklar
19 yoshli Xoland ECHLda Drogbaning rekordini yangiladi
“Zalcburg” ECHL 3-turi doirasida o'z uyida “Napoli”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Mezbonlar tarkibida ikkita golga ham 19 yoshli Erling Xoland mualliflik qildi. Holand ECHLdagi dastlabi 3 ta o'yinida 6 ta gol urishga erishdi. U musobaqaning 1-turida “Liverpul” (3:4) darvozasini 1 marta ishg'ol qilgan bo'lsa, “Genk” (6:2) bilan o'yinda xet-trikka erishgandi.
Natijada Xoland 2003/04 yilgi mavsum Dide Drogba “Marsel” safida qayd etgan rekordni yangiladi. Drogba musobaqa doirasidagi dastlabki 3 ta o'yinida 5 ta gol urgandi.
Malumot uchun, Xoland joriy mavsum klubi safida 14 ta o'yinda 20 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar