19 yoshli tojikistonlik futbolchi "Rubin" bilan shartnoma imzoladi
13 fev 2020 23:00
Yangiliklar


19 yoshli tojikistonlik futbolchi "Rubin" bilan shartnoma imzoladi
Tojikiston terma jamoasi va Dushanbening "Istiqlol" klubi hujumchisi SHahrom Samiev faoliyatini RPLda davom ettiradi.
Futbolchining agenti Kova Tilavpurning malum qilishicha, SHahrom Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnoma imzolagan.
"SHahrom "Rubin" bilan bitimga imzo chekdi. U asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazadi va klubning yoshlar jamoasida doimiy ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib boradi" , — dedi Tilavpur "Sport24" nashriga.
Malumot uchun, mazkur futbolchi joriy yilgi OCHL pley-off bosqichida "Lokomotiv" (Toshkent") mexmoni bo'lgan "Istiqlol" jamoasining uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar