18 yoshli o'yinchi "Manchester Siti"ga o'tishni rad etganini xabar qildi va transferni "manosiz" deb atadi
04 okt 2021 11:55
Yangiliklar
18 yoshli o'yinchi "Manchester Siti"ga o'tishni rad etganini xabar qildi va transferni "manosiz" deb atadi
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Luka Nec "Manchester Siti"dan taklif bo'lganini aytdi.
18 yoshli futbolchi bundan uch yil oldin APL klubiga "manosiz" transferni rad etganini xabar qildi.
"Manchester Siti"ga bunday yoshda o'tish - ahmoqlik deb o'ylayman. Agar ular hozir menga boshqa taklif berishsa ham, men rad etgan bo'lardim.
Menda aniq reja bor va shunchaki Premer-ligaga hali juda erta. Men uchun "Borussiya"da o'ynab, tajriba orttirish va muntazam ravishda rivojlanish muhim", - deydi Nec.
Nec Bundesliganing eng yaxshi yosh o'yinchilaridan biridir. Futbolchi yanvarda Germaniya oliy ligasida debyut qilgan edi.
Fikrlar